Valentina Mizyakova




Valentina Stepanovna Mizyakova (1935.9.10, Volgograd viloyati — 2018) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1999). Stavropol pedagogika institutining biol. fakultetini tugatgan (1965). 1946—78 yillarda Qorachoy-Cherkasiyada boshlangʻich sinf oʻqituvchisi. 1978-yildan Uch-quduq shahridagi 2maktabda, 1989-yildan 9maktabda biol. oʻqituvchisi. M.ning oʻquvchilarni biol. faniga boʻlgan qiziqishlarini oʻstirish, ularni onatabiatni sevishga oʻrgatish, biol. fanini hayot bilan bogʻlab oʻqitish, taʼlim jarayonida ilgʻor pedagogik texnologi-yalardan samarali foydalanish sohasidagi tajribasi tuman va viloyat miqyosida keng ommalashtirilgan. Viloyatda eng yaxshi deb tan olingan biol. kabi-netini jihozlagan. Maktabda bogʻ yaratgan va sinfda qishki paytda turli mevalar yetishtirishni yoʻlga qoʻygan. Sinfda 200 dan ortiq turli koʻrgazmali qurol va eksponat toʻplagan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz