Valentina Kozlovskaya




Valentina Yakovlevna Kozlovskaya (ruscha: Валенти́на Я́ковлевна Козло́вская; 1938-yil 18-aprelda tugʻilgan) rossiyalik shaxmatchi. U 1976-yilda FIDE tomonidan ayol grossmeyster (WGM) unvoniga sazovor boʻlgan.

Shaxmatdagi faoliyati



Valentina Yakovlevna Kozlovskaya 1965-yilda shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Sovet Ittifoqi mamlakatlari orasida oʻtkazilgan chempionatda gʻolib boʻlgan. U 1966-yilda Gavanada boʻlib oʻtgan ayollar oʻ`rtasidagi shaxmat olimpiadasida gʻoliblikka erishgan Sovet Ittifoqi jamoasining aʼzolari safida edi. Valentina Yakovlevna 1967-yilda ayol Kandidatlar turnirida ishtirok etib, ikkinchi oʻrinni egallaydi. Oʻsha yili Kiyevdagi ayollar oʻrtasidagi xalqaro turnirda ayollar oʻrtasida jahon chempioni Nona Gaprindashvilidan birozgina ortda qolib, ikkinchi oʻringa loyiq koʻriladi. 1973-yilda Kozlovskaya ayollar oʻrtasidagi hududlararo turnirda gʻalaba qozondi va keyingi yili u Irina Levitina bilan boʻlib oʻtgan yarim final uchrashuvida yutqazib qoʻydi. 1976-yilda Kozlovskaya RSFSR ayollar chempionatida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi va 1979-yilda u Lyudmila Saunina bilan bir xil natija koʻrsatib birgalikda birinchi oʻrinni egalladi. Kozlovskaya 1996-yilda ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida ham gʻolib boʻldi. 2014-yilda esa u 65 yoshdan katta shaxmatchi ayollar toifasida Nona Gaprindashvilini ortda qoldirib, kattalar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida gʻolib sifatida etirof etildi. Uning eng yuqori reyting balli 1975-yil yanvarda qayd etilgan boʻlib, 2315 ga teng.

Shaxsiy hayoti



Kozlovskaya — mutaxassisligi boʻyicha biokimyogar hisoblanadi. U grossmeyster Igor Bondarevskiy bilan oila qurgan va hozirgi kunda beva.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz