Valentin Tsoy




Valentin Yevgeniyevich Tsoy (1952-yil 29-noyabr, Samarqand – 2021-yil 12-iyun) – rossiyalik siyosatchi, tadbirkor, Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasining Xabarovsk oʻlkasi deputati (1995–1999), iqtisodiyot, texnologik jarayonlarni boshqarish, neft, neft va gaz konlarini loyihalash va qurish, 2D, 3D, 4D matematik modellashtirishni tashkil etish, standartlashtirish sohasi mutaxassisi. Iqtisodiyot fanlari doktori (2005). KPSS (1974) / Kommunistik partiya aʼzosi (1994–1995).

Hayoti



Tsoy 1952-yil 29-noyabrda Oʻzbekiston SSR Samarqand viloyati Juma shahrida tugʻilgan. Millati koreys.

1973-yildan Primorsk oʻlkasining Kirov tumanida qishloq xoʻjaligida ishlagan. 1977-yildan Xabarovsk oʻlkasida Xabarovsk broyler parrandachilik fermasida usta, soʻngra ishlab chiqarish direktori oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan. 1979-yilda Primorskiy qishloq xoʻjaligi institutini tamomlagan. 1985-yildan – Xabarovsk „Ptitseprom“ tresti direktori boʻlgan.

1988-yildan – Ekspa konserni boshqaruvi raisi, 1995-yilda Rossiya Federatsiyasi hukumati qoshidagi Xalq xoʻjaligi akademiyasini tamomlagan.

Iqtisodiyot fanlari doktori, „Globallashuv sharoitida Rossiya iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish strategiyasini shakllantirish“ mavzusidagi dissertatsiya yoqlagan.

Siyosiy faoliyati



1990-yilda Xabarovskning 249-sonli bir mandatli okrugidan RSFSR xalq deputati etib saylangan.

U Rossiya Federatsiyasi Oliy Kengashining Xalqaro ishlar va tashqi iqtisodiy aloqalar qoʻmitasi tarkibida Osiyo-Tinch okeani mintaqasi boʻyicha quyi qoʻmita raisi boʻlib ishlagan. Tsoy 1991-yilda SSSR parchalanishiga qarshi ovoz bergan 43 deputat orasida edi.

1993-yil oktyabr oyida RSFSR Oliy Kengashi himoyachilari tomonida edi.

1996-yil dekabr oyida Xabarovsk oʻlkasi maʼmuriyati boshligʻi lavozimiga oʻz nomzodini qoʻydi. Tsoy 6,23 foiz ovoz olib, amaldagi rahbar Viktor Ishayevdan (84,93 foiz) keyin ikkinchi boʻldi. Ishayevga nisbatan tanqidiy pozitsiyani egalladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz