Valentin Shashkov




Valentin Sergeevich Shashkov (1962-yil 1-iyul) — sovet, oʻzbek va tojik futbolchisi, maydonning barcha pozitsiyalarida oʻynagan. Shuningdek, Tojikiston terma jamoasida oʻyinchisi.

Hayoti



Oʻzbek futbol maktabi tarbiyalanuvchisi Valentin Sergeyevich Toshkent viloyatining Toʻytepa shahridagi oʻrta maktabni tamomlagan.

1980-yilda birinchi ligadagi „Buston“ (Jizzax) klubida kattalar safida oʻynay boshlagan. Keyinchalik esa Oʻzbekiston SSR sharafini himoya qilib, , jumladan, „Yangiyer“, „Shahrixonchi“, „Zarafshon“, „Soʻgʻdiyona“, „Sohibkor“ kabi ikkinchi liga jamoalarida toʻp surdi. Umuman olganda, u SSSRning ikkinchi va quyi ligalarida 250 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan. 1983-yilda oliy liganing juftliklar oʻrtasidagi chempionatida „Paxtakor“ dubli uchun 8 ta oʻyin oʻtkazdi.

1993-yilda „Shifokor“ (Guliston) safida Oʻzbekiston oliy ligasida maydonga tushib, 6ta oʻyin oʻtkazib, 3ta gol urgan. Keyingi yili u „Paxtakor“ (Proletarsk) tarkibida Tojikiston chempionatida oʻynadi, chempionatning bronza medali sohibiga aylandi va 24 gol bilan toʻpurarlar bahsida uchinchi oʻrinni egalladi. 1995-yilda Rossiya uchinchi ligasida „Shaxtyor“ („Shaxt“) tarkibida oʻynagan.

1994-yil aprel oyida Toshkentdaboʻlib oʻtgan xalqaro turnirda Tojikiston terma jamoasi safida toʻp surgan. Debyut oʻyini 1994-yil 11-aprelda Qozogʻistonga qarshi oʻtkazgan. Umumiy hisobda 4 ta oʻyin oʻtkazgan va Oʻzbekistondarvozasiga – 1994-yil 17-aprelda bitta gol urgan (1:1).

Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, Toshkentda istiqomat qilmoqda. U Oʻzbekiston oliy divizioni oʻyinlarida yon hakami, keyinchalik esa oʻyin inspektori boʻlib faoliyatini davom ettirgan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz