Valentin kuni




Avliyo Valentin kuni , Valentin kuni , Avliyo Valentin bayrami yoki Sevishganlar kuni har yili 14-fevralda nishonlanadi. Avliyo Valentin kuni juda koʻp mamlakatda nishonlanadi, ammo deyarli barchasida bu kun ish kunidir.

Avliyo Valentin kuni bir yoki bir necha „Valentinus“ ismli xristian ziyolilarining liturgik nishonlanishidan kelib chiqqan. Avliyo Valentin bilan bogʻliq eng mashhur martirologga koʻra, Valentin oila qurish taʼqiqlangan askarlarga toʻylar oʻtkazgani uchun qamalgan. Yana uni Rim Impersiyasida qiynoqlarga duchor qilingan xristianlarga yordam berishda ayblashgan. Qamoqdaligida Valentin qamoqxona boshchisi Asteriusning qizini davolagan deyiladi. Afsonaga koʻra qatl qilinishidan avval Valentin qizga „Sening Valentiningdan“ deb xayrlashuv xatini yozgan. Bugungi kunda Avliyo Valentin kuni Ingliz uyushmasida va Luteran cherkovida rasmiy ziyofat kunidir. Pravoslavlar ham Avliyo Valentin kunini nishonlaydi, ammo 6-iyulda va 30-iyunda. 6-iyul Rimlik Avliyo Valentin sharofatiga, 30-iyun boʻlsa Hieromartyr Valentin yepiskopi sharofatiga nishonlanadi.

Bu kun birinchi marta romantik sevgi bilan Geoffrey Chaucer yashagan oʻrta asrlarda bogʻlangan. Bu paytda ritsarlik madaniyati juda keng tarqalgan boʻlgan. 15-asrga kelib sevishganlar bir-birlariga boʻlgan muhabbatlarini gul sovgʻa qilib, shirinliklar berib va „valentinlar“ deb nomlangan otkritkalar yuborib izhor qila boshlashgan. Bugungi kunda ishlatiladigan Avliyo Valentin kuni ramzlariga yurak rasmi, kaptarlar va qanotli sevgi farishtasi kiradi. 19-asrdan boshlab qoʻlda tayyorlangan valentinlar oʻrnini ishlab chiqarilgan otkritkalar eggallab kelyapti.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz