Valentin Konovalov




Konovalov Valentin Olegovich (1987-yil 30-noyabr, Oxotsk viloyati, Xabarovsk oʻlkasi, RSFSR ,SSSR) – Rossiya siyosat va davlat arbobi hamda 2018-yil 15-noyabrdan Xakasiya Respublikasi rahbari boʻlgan.

Tarjimai holi



Konovalov Valentin Olegovich Oxotsk shahrida (Xabarovsk oʻlkasi) muhandislar oilasida tugʻilgan. U ota-onasi bilan birgalikda Norilsk shahriga koʻchib oʻtgan va 2005-yilda 5-sonli gimnaziyani kumush medal bilan tugatgan. Soʻngra N. F. Katanov nomidagi Xakass davlat universitetining yuridik fakultetiga oʻqishga kirgan. Oʻqish davrida yuridik tajribasini orttirish maqsadida bir necha sud majlislarida qatnashgan.

U 2007-yilda Rossiya Federatsiyasi Kommunistik partiyasiga qoʻshilgan. 2009-yilda komsomol aʼzoligiga qabul qilingan va 2012-yilgacha komsomolning Xakass boʻlimining birinchi kotibi boʻlib ishlagan. 2010-yildan Rossiya Federatsiyasi Kommunistik partiyasi Xakass viloyat boʻlimi byuro qoʻmitasi aʼzosi boʻlgan. Universitetni 2010-yilda „Davlat huquq asosalri“ mutaxassisligi boʻyicha imtiyozli diplom bilan tamomlagan. Mutaxassisligi boʻyicha aspiranturani „Davlat va huquq nazariyasi va tarixi; huquqiy taʼlimotlar tarixi“ yoʻnalishida oʻqishni davom ettirgan.

2011-yilda „Pravda Xakasii“ gazetasida yuridik maslahatchi va Xitoy Kommunistik partiyasi yuridik xizmati rahbari lavozimlarida ishlagan. 2011—2013-yillarda Xakasiya Respublikasi saylov komissiyasining hal qiluvchi ovoz huquqiga ega aʼzosi, 2013—2018-yillarda Abakan shahar kengashi deputati boʻlib ishlagan. 2014-yilda u Rossiya Federatsiyasi Kommunistik partiyasi Abakan mahalliy boʻlimi qoʻmitasining birinchi kotibi etib saylangan.

2015-yilda Rossiya Federatsiyasi Kommunistik partiyasi Xakass boʻlimining ikkinchi kotibi eʼtib tayinlangan. 2018-yil mart oyida u Rossiya Federatsiyasi Kommunistik partiyasi Xakass viloyat boʻlimi qoʻmitasining birinchi kotibi etib saylangan. 2018-yil 9-sentyabrdan 28-noyabrgacha Xakasiya Respublikasi Oliy Kengashi deputati boʻlgan. 2018-yil noyabr oyida Xakasiya rahbari lavozimiga tayinlanganidan keyin deputatlikdan muddatidan oldin isteʼfoga chiqqan.

2018-yil 15-noyabrdan boshlab Xakasiya Respublikasi Prezidenti hukumati raisi boʻlgan. U bu lavozimga besh yil muddatga saylangan.

2023-yil 8—10-sentabr kunlari boʻlib oʻtgan navbatdagi saylovlarda u 64 foizdan koʻproq ovoz olgan va Xakasiya Respublikasi hukumati raisi lavozimini saqlab qolgan.

Xakasiya Respublikasi rahbari



Saylov



Xakass oʻlkasi xalq deputati Valentin Konovalov 2018-yil 9-sentyabr kuni boʻlib oʻtgan yagona ovoz berish kunida Rossiya Federatsiyasi Kommunistik partiyasi viloyat boʻlimi tomonidan respublika rahbari sayloviga nomzod sifatida koʻrsatilgan.

Valentin Konovalov 44,81 foiz ovoz toʻplagan, bu respublikaning amaldagi rahbari Viktor Zimindan (u 32,42 foiz ovoz olgan)balandroq edi. Nomzodlarning hech biri 50 foizdan koʻproq ovoz toʻplay olmagani uchun ikkinchi tur 23-sentabrga belgilangan edi.

21-sentabr kuni boʻlib oʻtadigan saylovga ikki kun qolganida Zimin saylovga xalaqit berib, oʻz nomzodini qaytarib olgan. Uning oʻrnini eng koʻp ovoz toʻplagan tadbirkor Andrey Filyagin (11,23%) egallagan, u dastlab ishtirok etishga rozi boʻlgan. Biroq ovoz berish sanasiga besh kun qolganda, 2-oktabrda ishtirok etishdan bosh tortgan. Shundan soʻng, 15-oktabr kuni „Modern Technologies“ MChJ direktori Aleksandr Myaxar (6,61 foiz ovoz olgan) oʻz nomzodini qaytarib olgan. Shuning uchun saylovlar 23-oktyabrga qoldirilgan.

Natijada, Valentin Konovalov yagona nomzod boʻlib qolgan, uning nomzodi uchun saylovlar nihoyat 2018-yil 11-noyabrga belgilangan va u „maʼqul“ yoki „qarshi“ ovoz berishni taklif qilgan. Ikkinchi turda esa 57,57% ovoz bilan gʻalaba qozongan.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz