Valensiya (shahar)




Valensiya — Ispaniya sharqidagi shahar. Valensiya tarixiy viloyati va provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 753 mingdan ziyod kishi (1990-yillar oʻrtalari). Turiya daryosining Oʻrta dengizga quyilish joyidagi port. Xalqaro aeroport bor. Temir yoʻl tuguni. Sanoati asosan k,, x. mahsulotlarini qayta ishlash va chetga chiqarish bilan bogʻlangan. Mashinasozlik, kemasozlik, toʻqimachilik, yogʻochsozlik, kimyo sanoati korxonalari bor. Hunarmandchilik rivojlangan. V.da arab va ispanlarning oʻrta asr meʼmoriy yodgorliklari saklangan: sobor (13—14-asrlar), Aguas saroyi (barokko uslubida. 18-asr) va b. Shaharda sanʼat, keramika muzeylari, botanika bogʻi va universitet (16-asr) bor. V.ga mil. av. 2-asrda asos solingan.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz