Valasiklovir
Valasiklovir bu gerpes simplex yoki herpes zoster (shingles) o'choqlarini davolash uchun ishlatiladigan antiviral dori. Bundan tashqari, yuqori xavfli holatlarda buyrak transplantatsiyasidan keyin sitomegalovirusning oldini olish uchun ishlatiladi. Odatda og'iz orqali qabul qilinadi.
Umumiy nojo'ya ta'sirlar orasida bosh og'rig'i va ko'ngil aynishi bor. Jiddiy nojo'ya ta'sirlar buyrak muammolarini o'z ichiga olishi mumkin. Homiladorlik paytida foydalanish xavfsiz hisoblanadi. Bu preparat inson organizmida asiklovirga aylantirilgandan so'ng ta'sir qiluvchi prodori vositasidir.
Tibbiyotda qo'llanilishi
Valasiklovir HSV va VZV infektsiyalarini davolash uchun ishlatiladi, jumladan:
U yuqumli mononuklyozni davolovchi preparat sifatida ishlatish mumkin va gerpes B virusi infeksiyasi borligi shubha qilingan hollarda profilaktika maqsadida qo'llaniladi.
Bell falajida yagona davolovchi preparat sifatida valasiklovirdan foydalanish foyda keltirmasligi aniqlangan.
Kimyoviy xossalari
Valasiklovir sintezi va uning tafsilotlari haqida birinchi bo'lib Wellcome jamg'armasi olimlari tomonidan nashr etilgan.
uz.wikipedia.org