Valamatzoda Gʻaffor Rustamovich




Gʻaffor Rustamovich Valamatzoda [1916.26.4(9.5), Xoʻjand - 1993.12.12, Dushanba] — tojik balet artisti, baletmeyster, rejissyor Tojikiston xalq artisti (1945), 1951-63 yillar S. Ayniy nomidagi opera va balet teatrining bosh baletmeysteri, 1961—63 yillar Tojik filarmoniyasining direktori va badiiy rahbari, 1965-yildan "Lola" ansamblining rahbari. Birinchi tojik baleti ("Du gul")ga, shuningdek "Layli va Majnun", "Boqchasaroy favvorasi", "Moviy gilam" baletlari va "Vosening qoʻzgʻoloni", "Maysaraning ishi" kabi operalarning raqs sahnalarini yaratgan. Valamatzoda Oʻzbekistonning "Bahor", "Shodlik" va boshqa ansambllarida bir qancha raqs ("Lola" raqs-syuitasi, "Moʻgʻulcha", "Pomircha", "Afgʻoncha" va boshqa)larni sahnaga qoʻygan.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz