Vakuumda qoliplash




Vakuumda qoliplash - plastmassa listlaridan 10 kPa vakuumda buyumlar qoliplab olish usuli. Bunda qalinligi 2 mm gacha boʻlgan termoplast polimerlar asosidagi materiallar qolipga mahkamlanib, yumshaguncha qizdiriladi, soʻngra list material bilan qolip sirti orasidagi boʻshliqda vakuum hosil qilib qoliplanadi. Ancha chuqur tortiladigan buyumlar pozitiv usulda (bunda material pu-anson-qolipning qabariq sirtida qoliplanadi), sayoz tortiladigan buyumlar negativ usulda (bunda material, matritsa-qolipning chuqurchasiga tortilib qoliplanadi) amalga oshi-riladi. V. q. samolyot kabinalari, sovitkich detallari, turli idishlar va b. tayyorlashda qoʻllaniladi.

Adabiyotlar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz