Vakarų Kazachstano sritis





Gʻarbiy Qozogʻiston viloyati  — Qozogʻistonning shimoliy-gʻarbida joylashgan hudud. Sharq tomonidan Aqtoʻbe, janubida Atirau viloyatlari bilan, gʻarbida Rossiyaning Astraxan, Volgograd, Shimoliy-gʻarbida Saratov, Samara, Shimoliy tarafidan Orenburg viloyatlari bilan chegaradosh.

Viloyat 1932-yili 10-martda Oʻral viloyati boʻlib tashkil topgan. 1996-yildan buyon Gʻarbiy Qozogʻiston viloyati boʻlib nomlanib kelmoqda. Hududi 151,3 ming km, aholisi 614 280 kishi (2012). Markazi — Oʻral shahri.

Aholisi



Viloyat aholisining soni 2012-yilgi maʼlumot boʻyicha 614 280 kishi. Viloyat aholisi koʻp millatli hisoblanadi, viloyatning milliy tarkibini quyidagi jadvaldan koʻrishingiz mumkin.

Tabiati



Gʻarbiy Qozogʻiston viloyati hududining aksar qismi Kaspiy yaqinidagi tekislikning shimolida joylashgan. Hududi, asosan, qumli dala-dashtlar bilan shoʻr erlar almashib yotgan tekislik boʻlib keladi. Hududning dengiz sathidan balandligi 10 — 25 metrdan yuqori emas. Dengiz sathidan eng baland choʻqqisi 259 m Eshki togʻi.

Iqlimi



Viloyatning iqlimi kontinental. Qishi sovuq, yozi issiq va qurgʻoq keladi. Yanvar oyining oʻrtacha harorati −11 — 14 °C, ayrim vaqtlarda —40 °C-gacha pasayadi, iyul oyining oʻrtacha yillik harorati 22 — 25 °C, bir hilda 40 °C gacha yuqorilaydi. Yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha miqdori 190 (janubida) — 350 mm (shimolida).

Hududiy boʻlinishi



Viloyatning tumanlari:

Hayvonot dunyosi



Gʻarbiy Qozogʻiston viloyatining toʻqayli-oʻrmonli vodiylarida bulan, elik, daryolar yoqasidagi qilin qamishlar orasida toʻngʻiz, janubidagi qumli tomonida tulki, qashqir, quyon, qunduz, boʻrsiq va boshqa hayvonlar yashashadi. Viloyatda qushlarning koʻplab turlari (oqqush, gʻozlar, turna, birqozon, qargʻalar va boshqa qushlar uchraydi. Daryo va koʻllari baliqqa boy.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz