Vajpayi Atala Bihari




Atal Bihari Vajpayee (1924. 25. 12, Guvalyor, Madhya-Pradesh shtati) — Hindiston Respublikasi davlat va siyosat arbobi. 1942-yil mustaqillik harakatida faol qatnashganligi uchun qamalgan. V. 1957—86 yillarda Jana Sangx, Bharatiya Jana Sangx, Janata, Bharatiya Janata partiyalari taʼsischiaʼzosi va rahbari. 1980—84 yillarda, 1986 yil va 1993— 96 yillarda Bharatiya Janata parlament partiyasi yetakchisi. 1977—80 yil larda Hindiston Tashqi ishlar vaziri. 1966-70 yillar, 1986 yil va 1988-96 yillarda Hindiston parlamenti qoʻmitalarida ishladi. 1996 yil 16—31 may va 1998 yil 19 martdan Hindiston bosh vaziri. Bir qancha sheʼrlar hamda nutklar toʻplami bosilib chiqqan. Falsafa d-ri faxriy unvoniga ega.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz