Vahron




Vahron (arabcha: وهران Wahrān; fransuzcha: Oran) — Jazoirning shim.-gʻarbiy qismidagi shahar. Vahron viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 650 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Yirik transport va savdo-sanoat markazi. Port (chetga vino, alfa oʻsimligi va boshqa qishloq xoʻjaligi xom ashyosi chiqaradi). Oziq-ovqat, metallsozlik, kimyo, oyna-shisha, metallurgiya, toʻqimachilik, sement sanoati korxonalari mavjud. Hunarmandchilik rivojlangan. Un-t, islom sanʼati muzeyi bor. Shaharga 10-asrda asos solingan. Meʼmoriy yodgorliklaridan qad. qalʼa qoldiklari, mayejid (18-asr) saqlangan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz