Vahobov Abdusoat




Abdusoat Vahobov (1875—Toshkent— 1934) — xalq sozandasi (dutorchi). Ijrochilik faoliyatini 17 yoshida boshlagan. Repertuari boy, xalq kuylari hamda Fargʻona—Toshkent maqom yoʻllarini oʻz ichiga olgan. Toshkent xalq konservatoriyasi (1919—23) va musiqa texnikumida (1923-yildan) dutor boʻyicha dare bergan. Ye. Romanovskaya V. ijrosidagi yirik turkum cholgʻu asarlar, chunonchi Dugoh Husayniy, Chorgoh, Nasrulloyi, Navo, Ajam, Sarbozcha, Eshvoy, Qurd va b.ni yozib olib nashr ettirgan (Oʻzbek cholgʻu muzikasi, 1948).

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz