Vahob Rahmonov. «G‘aribingg‘a tarahhum aylagilkim...»





G‘ariblik tushunchasi shohu gadoni farq etmaydi. Vatandan ayro tushmoq taqdirida bo‘lsa, har kim ham bunga bo‘yin egadi. Vatandan yiroqlarda xoklari qolib ketgan Abu Rayhon Beruniy va Ahmad Farg‘oniydek nomlari jahonshumul qomusiy olimlar, Boborahim Mashrab singari G‘arbu Sharqda tanilgan shoirimiz... xullas, o‘nlab ma’naviyat darg‘alarimiz g‘ariblik tuprog‘iga aziz boshlarini qo‘yganlar.

Ana o‘sha azizlarimiz safida buyuk shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur ham bor.

Hindistonday yirik mamlakat podshohi shoirona qalb egasi bo‘lgani uchun, ona-Vatan sog‘inchi yuragini o‘rtagan paytlarda:

matla’li g‘azalida o‘zini andijonlik g‘aribman, degan o‘ksinishni ko‘ngil mahrami — yoriga shunday izhor etgan:

Bobur asarlarining 2007 yilgacha chop etilgan asosiy nashrlarida yetti-sakkiz marotaba mazkur bayt quyidagi tarzda va mazmunda bosilgan edi:

Hatto Iya Steblevaning fundamental tadqiqoti — “Bobur g‘azallari semantikasi” asarida ham Boburning bir yuz o‘n to‘qqiz g‘azali arab yozuvida berilib, shu bayt “an’anaviy” tarzda: “Ne yerda bo‘lsang, ey gul, andadur chun joni Boburning, G‘aribingg‘a tarahhum aylagilkim, anda jonidur”, deb e’lon qilingan edi.

Faqat N.Hotamov va V.Rahmonov nashrga tayyorlagan Bobur “Tanlangan asarlari”ning (“O‘qituvchi”, 1976, 1983) ikki nashrida, Ergash Ochilov tuzgan Boburning “Sochining savdosi tushdi” (“Sharq”, 2007) devonida va shoirning “G‘aribing andijoniydur” (“Sharq”, 2008) kitoblarida bayt to‘g‘ri aks etgan.

Bu masala ko‘tarilganida (“Hurriyat” va “Andijonnoma” gazetalari, 2008) biror o‘zbek boburshunosi yoki mumtoz adabiyot mutaxassisi e’tiroz bildirmadi. Matn haqiqati qaror topdi. Zotan, ushbu bayt mazmuni quyidagicha o‘ta ta’sirchan va fikran yorqindir: Ey, gulday sevgilim, andijonlik g‘aribingga rahm-shafqat qilgin, Sen qaerda bo‘lsang, Boburning joni o‘sha yerdadir. Ushbu bayt Andijondan yiroqlarda — Kobuldami, Agradami yozilgan ekan. Boburdek ulug‘ inson o‘zini andijonlik g‘arib, deya go‘yo she’riga imzo qo‘ygan bo‘lsa, ne ajab?

Biz agar oldingi nashrlardagidek baytning ikkinchi misrasini: “G‘aribingg‘a tarahhum aylagilkim, anda jonidur” tarzida e’lon qilsak, ikki nuqson sodir bo‘ladi: fikr havoda muallaq qoladi; o‘rinsiz, qo‘pol takror yuz beradi. Chunki birinchi misrada shoir “Sen qaerda bo‘lsang — jonim o‘sha yerda”, deb aytib qo‘ygandir. Boburday so‘zda zarshunos, ma’noda gavharshunos shoir so‘zlarini kotiblar tasodifan yo‘l qo‘ygan xatolardan xolis qila olsak, xayrli ish bo‘ladi, albatta.

2008 yilda Andijonda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 525 yilligi tantanasi kuni — 14 fevralda Andijon shahri chorrahalari ana shu bayt yozig‘liq lavhalar bilan bezalgan edi. Shuning uchun ham Bobur jamoat fondi raisi Zokirjon Mashrabov ko‘p o‘tmay Boburning Bog‘ishamolda Bobur bog‘idagi haykali belbog‘iga yirik harflarda shu baytni yozdirdi:

Endi Bobur nomidagi milliy boqqa qadam qo‘yib, shoir siymosiga nazar solgan har bir kishi ko‘zi oldida ana shu bayt yarqirab ko‘rinib turadi.

«O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasining 2011 yil 7-sonidan olindi.






Uzpedia.uz