Vahob Rahimov




Vahob Rahimov (1934.26.12, Samarqand - 2014.10.29) — konchi olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (2000), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980), texnika fanlari doktori va professor (1972). Oʻrta Osiyo politexnika institutining konchilik fakultetini tugatgan (1957). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi konchilik boʻlimida ilmiy xodim, Toshkent politexnika institutida (hozirgi ToshTU) dotsent (1963-yildan), kafedra mudiri (1968-yildan), fakultet dekani (1969-yildan). 1984—90 yillarda prorektor, kafedra mudiri (1990-yildan). Asosiy ilmiy ishlari konlarni qazib olish natijasida togʻ jinslari massivida geomexanik jarayonlarning oʻzgarish qonuniyatlarini aniqlash, tabiiy va texnogen konlarning mineralxom ashyo potensialidan toʻla va kompleks foydalanishni taʼminlaydigan ekologik toza texnologiyalarni yaratish va qoʻllash hamda konchilik ishlarida elektronoptik asboblar va sunʼiy yoʻldoshlar orqali zamonaviy marksheyderlik texnologiyalarni qoʻllashning ilmiy asoslarini ishlab chiqish muammolariga bagʻishlangan.

Manbalar





uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz