Vahdat tumani
Vahdat tumani (tojikcha: ноҳияи Ваҳдат) — Tojikistondagi respublikaga boʻysunuvchi tumanlarning biridir. Dushanbe shahridan 21 km sharqda joylashgan Maʼmuriy markazi - Vahdat shahri..
1927-yilning 17-sentabrda Yangibozor tumani sifatida tashkil topgan, 1936-yil aprelda Orjonikidzeobod tumani deb oʻzgartirilgan. Tojikiston SSR Oliy Kengashining 1991-yil 25-dekabrdagi 476-sonli qarori bilan Kofarnixon tumani deb oʻzgartirilgan.
Tojikiston Oliy Majlisining 2003-yil 7-apreldagi 389-sonli qarori bilan Vahdat tumani deb nomlandi.
Aholisi
2016-yil 1-yanvar holati boʻyich aholi soni 317,1 ming kishini tashkil qildi. Shahar aholisi — Vahdat shahrida (42,5 ming) va Numon Roziq qishlogʻida (11,6 ming) — 17,4 foiz yoki 53,8 ming kishini tashkil qiladi..
Hududiy bo'linishi
Vahdat tumani tarkibiga Vahdat shahri (Boʻston, Qipchoq, Rohati, Yakkatol qishloqlari bilan tutashgan), shahar tipidagi Numon Roziq va 10 ta qishloq jamoalari kiradi.
Manbalar
uz.wikipedia.org