VAGON AG’DARGICH – temir yo’l yuk vagonlaridan sochiluvchan yuklarni mexanik tarzda bo’shatadigan inshoot. Vagon ag’dargich yukni vagonlarni to’nkarib, bo’ylama yoki ko’ndalang qiyalatib bo’shatadi. Vagon ag’dargich soatiga 20-30 vagondagi yukni bo’shatishi mumkin. Vagon ag’dargichning afzalligi — omborlarda, ruda maydonlarining istalgan (lekin temir yo’l izlari o’tkazilgan) joylarida foydalanish mumkinligi. Vagon ag’dargichdan koks-kimyo zavodlari, metallurgiya korxonalari, yirik qurilish korxonalari, portlarda samarali foydalanish mumkin.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish