Vagif Aziz o‘g‘li Mustafozoda
Vagif Aziz o‘g‘li Mustafozoda (ozarbayjoncha: Vaqif Əziz oğlu Mustafazadə; 1940-yilning 16-martda Baku shahrida tug‘ilgan - 1979-yilning 16-dekabrida Toshkentda vafot etgan) — sovet Ozarbayjon jaz bastakori va pianinochisi, Ozarbayjon SSRda xizmat ko‘rsatgan artist (1979-yil), Ozarbayjon SSR Davlat mukofoti laureati (1982-yil), yigirmanchi asrning buyuk jaz pianistlaridan biri.
Biografiyasi
Vagif Mustafozoda 1940-yil 16-martda Bakudagi tibbiy xizmat mayori oilasida dunyoga kelgan. Otasi vafotidan keyin bo‘lajak bastakorning tarbiyasi onasi zimmasiga tushgan. Onasi unga Ozarbayjon xalq musiqasidan dars berishni boshlagan.
1957-yilda Vagif A.Zeynalli nomidagi Boku musiqa maktabiga o‘qishga qabul qilingan. U yerda Muslim Magomayev bilan birga tahsil olgan.
Ijodi
Vagif Mustafozoda — Ozarbayjon tarixidagi eng mashhur va muvaffaqiyatli jaz ijrochisi hisoblanadi. Bastakor jazzda yangi yo‘nalish — ozarbayjon jazz mug‘omining yaratuvchisi hamdir. Shuningdek, Mustafozoda turli xil ansambllarning asoschisi ham bo‘lgan. Xususan, uning birinchisi ansambllaridan biri Gruziya Davlat garmoniyasidagi „Kavkaz“ jazz uchligi hisoblanadi. Bundan tashqari, musiqachi Bokuda „Leyli“ (1970-yil), „Sevil“ (1971-yil, Ozarbayjon Davlat teleradiosi asosida), „Mug‘om“ (1977-yil) vokal va instrumental ansambllarini yaratishga musharraf bo‘lgan.
[[Файл:Вагиф_Мустафазаде_доска.jpg|left|thumb| Voqif Mustafo-zoda yashagan Icheri Sherdagi uy devoriga yodgorlik lavhasi. Bronza, 1986-yil]]
Vagif Mustafozoda „Tallin-66“, „Tallin-67“, „Jazz-69“ Boku festivallarida va 1977-yilda Donetskdagi Butunittifoq jazz festivali hamda „Tbilisi-78“ jazz festivalining laureati va eng yaxshi pianinochisi deb topilgan (festival laureati bo‘lgan sakkiz yoshli Aziza Mustafozoda ushbu sahnada ilk bor debyut qilgan). 1979-yilda Monakoda boʻlib oʻtgan xalqaro jazz kompozitsiyasi tanlovida Vagif Mustafozoda 1-oʻrin sovrini hisoblangan — oq pianinoni qoʻlga kiritgan. Biroq Vagif bu g‘alabadan xabar topishga ulgurmagan. Sababi taniqli bastakor 1979-yil 16-dekabr kuni Toshkentda „Azizani kutaman“ qo‘shig‘ini sahnada ijro etayotgan chog‘ida yurak xurujidan vafot etgan. Vagif dunyodan ko‘z yumgan mahalida 39 yosh bo‘lgan. Uning o‘limidan so‘ng 1980-yilda „Amerika ovozi“ning ingliz tilidagi „Jazz Time“ dasturi boshlovchisi Uillis Konover (Willis Conover) butun bir soatlik dasturini Vagif Mustafozoda faoliyatiga bag‘ishlagan.
Vagif Mustafozoda ijodiga T.Kurashvili, D.Japaridze (Gruziya), G.Lukyanov (Rossiya), Rafik Babayev (Ozarbayjon), YanYuxansson (Shvetsiya), Xorst Yankovskiy (Germaniya) kabi musiqachilar bilan muloqoti katta taʼsir ko‘rsatgan deyish mumkin. Hattoki, taniqli B. B. King ham Mustafozoda o‘ynagan tarzda blyuz o‘ynashni xohlashini aytib o‘tgan.
O‘zining sharqona asl kompozitsiyalari va boy improvizatsiyalari hamda Mug‘om va jazz ritmlari sabab bugungi kunga kelib Vagif o‘sha zamonning tirik afsonasiga aylangan. Uning faoliyati nafaqat o‘z mamlakatida balki xorijda ham munosib eʼtirof etilgan.
1967-yilda Tallinda bo‘lib o‘tgan jazz festivalida Vagif Mustafozoda va Rafiq Babayevlar ishtirok etishgan. ,,Amerika ovozi" jazz dasturining boshlovchisi Uillis Konover (Willis Conover) ham festival mehmonlari qatorida bo‘lgan. Afsonaviy saksofonchi Charlz Lloyd o‘zining kvarteti bilan birga ijro etgan, uning tarkibiga hali yosh Kit Jarret va Jek Dejonnett ham kirgan. Mustafozada ijodi bilan tanishgan taniqli amerikalik jazz musiqachisi Dizzi Gillespi Mustafozodaga kelajak musiqasini yaratgani uchun o‘z minnatdorchiligini bildirgan.
1968-yilda Vagifning SSSRshaharlariga birinchi gastrol safari uyushtirilgan.
1970-yilda esa Mustafozoda va bir qator taniqli Ozarbayjon musiqachilari (R. Beybutov, M. Tagiyev va boshqalar) Lotin Amerikasi mamlakatlarida bir necha marta kontsert dasturlarini o‘tkazishgan.
Vagif Mustafozoda SSSRda jazz ijrochisi yo‘nalishi bo‘yicha birinchilardan boʻlib „SSSRda xizmat koʻrsatgan artist“ unvoniga sazovor boʻlgan.
Vagif Mustafozoda o‘ziga xosligi, virtuoz texnikasi, betakror garmonik tili bilan tomoshabinlarni maftun etgan. U birinchi bo‘lib jazzda Ozarbayjon rang va mug‘omlaridan foydalanadigan ozarbayjonlik jazz asoschisi hisoblangan. Ko‘plab jazz kompozitsiyalari va aranjirovkalari muallifi Mustafozoda simfonik va kamera musiqasini ham yozgan. Ozarbayjon SSRining Bastakorlar uyushmasi uning fortepiano va simfonik orkestr uchun yozgan kontsertini katta muvaffaqiyat bilan qabul qilgani uning ushbu yo‘nalishda ham yuqori salohiyatga ega ekanligidan dalolat. Bastakor shuningdek, ko‘plab kamerali pianino asarlari muallifi hamdir.
Vagif va Aziza Mustafozoda nomlari Amerika Qoʻshma Shtatlari mualliflari tomonidan tahrir qilingan Jahon Jazz Ensiklopediyasiga (inglizcha), shuningdek, ushbu ensiklopediyaning rus tilidagi nashriga jazz tanqidchisi Vladimir Feertaganing adabiy tahriri asosida kiritilgan.
Oilasi
Turmush o‘rtog‘i — Elza Mustafozoda (Bandzeladze) qo‘shiqchi, „Sevil“ vokal va cholg‘u ansamblining sobiq solisti.
Katta qizi — Lala Mustafozoda pianinochi, Parij konservatoriyasida dars bergan va hozirda Parijdagi Grand-opera teatrida ishlaydi.
Kichkina qizi - Aziza Mustafozoda, jazz ijrochisi va bastakor.
Vogif Mustafozoda haqidagi bayonotlar
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org