Vadis Odjidja-Ofoe




Vadis Odjidja-Ofoe (talaffuzi: Vadis Odidja-Ofoe; 1989-yil 21-fevralda Belgiyaning Gent shahrida tugʻilgan) — belgiyalik futbolchi, „Gent“ futbol klubi yarim himoyachisi. Pekin Olimpiadasi ishtirokchisi.

Klublardagi faoliyati



Vadis Odjidja-Ofoe 5 yoshida „Gent“ futbol maktabi jamoasiga qoʻshilgan. 1999-yilda Vadis Odjidja-Ofoe „Anderlecht“ futbol akademiyasiga koʻchib oʻtgan. 2007-yilda Vadis Odjidja-Ofoe Jupilligada asosiy jamoada debyut qilgan. 2007-yilning kuzida klub yosh yarim himoyachini saqlab qolish umidida Vadis Odjidja-Ofoega shartnomani uzaytirishni taklif qilgan. Ammo Yevropa bozorida Vadis Odjidja-Ofoega talab yuqori boʻlgan. Futbolchiga Gollandiyaning „Feyenoord“, „Heerenven“, „Roda“, „Alkmaar Zaanstreek“, „PSV“, „Twente“ va Germaniyaning „Hamburg“ futbol klublari qiziqish bildirishgan.

2008-yilning 17-fevralida „Bochum“ futbol klubiga qarshi o‘yinda Vadis Odjidja-Ofoe Bundesligadagi debyutini o‘tkazgan va David Jarolimning o‘rniga maydonga tushgan. Yetarli oʻyin amaliyoti yoʻqligi sababli Vadis Odjidja-Ofoe jamoani tark etish istagini bildirgan.

Xalqaro faoliyati



2008-yilda Vadis Odjidja-Ofoe Belgiya yoshlar terma jamoasining Pekin Olimpiadasida ishtirok etish uchun tarkibiga kiritilgan. Turnirda u Nigeriya terma jamoasiga qarshi bahsda ishtirok etgan.

Vadis Odjidja-Ofoeda Gana pasporti borligi sababli, unga Gana terma jamoasida oʻynash huquqini berilgan. 2010-yil 17-noyabrda Rossiya terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Vadis Odjidja-Ofoe terma jamoadagi debyutini oʻtkazgan va oʻyin oxirida Eden Hazard uning oʻrniga maydonga tushgan.


Statistikasi




Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz