Vadim Radun




Vadim Iosifovich Radun (1940-yil 1-iyul, Stalingrad, SSSR – 2014-yil 11-may, Pskov, Rossiya) – sovet va rus teatri rejissyori va oʻqituvchisi. Rossiya Federatsiyasi xalq artisti (1997).

Tarjimai holi



Professor va teatr arbobi Vadim Radun 1940-yil 1-iyul kuni Stalingradda tavallud topgan. 1942-yilda oila Ulyanovskka koʻchib oʻtdi, u yerda otasi Ulyanovsk teatrida oʻz faoliyatini olib borgan. 1945-yilda oila Toshkentga koʻchib kelgan. Uning otasi Toshkent teatr va rassomchilik instituti (hozirgi O‘zbekiston davlat san’at instituti ) asoschilaridan biri bo‘lib, Toshkent yoshlar teatrining rus bo‘limiga rahbarlik qilgan. Vadim Radun Politexnika kollejini Santexnika mutaxasisligi boʻyicha tamomlagan, lekin otasi bunga qatʼiyan qarshi boʻlsa ham, u doimo rejissyorlikka qiziqqan. 1966-yilda Toshkent teatr institutini tamomlagan. Chelyabinsk va Voronejdagi teatrlarda faoliyat yuritgan. 1972–1973-yillarda Novokuznetsk drama teatrining, 1973—1975-yillarda esa Krasnoyarsk teatrining bosh rejissyori boʻlgan. U 1975-yilda A. S. Pushkin nomidagi Pskov akademik drama teatriga koʻchib oʻtdi, u yerda oʻn yil davomida rejissyor, 1985–2005-yillarda esa bosh rejissyor boʻlib faoliyat olib bordi. 2005-yildan esa teatr direktori lavozimida faoliyat yuritdi. Teatrda faoliyati davomida 150 dan ortiq spektakllarni sahnalashtirgan, shundan 105 tasi Pskov drama teatrida qo'yilgan. Pskov viloyat sanʼat kollejida dars bergan. N. A. Rimskiy-Korsakov drama teatri va kino aktyori diplomini olgan. Vadim Radun 2014-yil 11-mayda yurak xurujidan toʻsatdan vafot etdi „Orletsi-3“ nomli qabristonga dafn qilindi.

Oilasi




Mukofotlari




Teatrdagi ishlari




Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz