Vadim Naumov
Vadim Vladimirovich Naumov (ruscha: Вадим Владимирович Наумов; 1969-yil 7-aprelda tugʻilgan) — Rossiyaning sobiq konkida uchuvchisi. Uning rafiqasi Yevgeniya Shishkova bilan 1994-yilgi jahon chempioni va 1995—1996-yillardagi Chempionlar seriyasi finali chempioni boʻlgan.
Karyerasi
Shishkova bilan Naumovni 1985-yilda Naumovning murabbiyi tanishtiradi. Murabbiy Shishkova va Naumov birga konkida uchishini xohlagan. Naumov dastlab bu gʻoyani rad etadi, chunki u oʻzining sheriklarini oʻzgartirishni xohlamadi, biroq bir qancha sinovlardan soʻng u va Shishkova birlashishga rozi boʻlishdi. Ular 1987-yilda birga raqobatlasha boshlagan.
1991-yilda Shishkova bilan Naumov Yevropa chempionatida birinchi bronza medalini qoʻlga kiritadi va jahon chempionatida 5-oʻrinni egallaydi. Keyingi mavsumda ular oʻzlarining birinchi Olimpiya oʻyinlarida, 1992-yilda esa Fransiyaning Albertvil shahrida boʻlib oʻtgan Olimpiyadada ishtirok etishadi va u yerda beshinchi oʻrinni egallashadi.
Shishkova bilan Naumov 1993-yilgi jahon chempionatida birinchi jahon medali — bronzani qoʻlga kiritadi. Keyingi yili bu juftlik 1994-yilda Norvegiyaning Lillexammer shahrida boʻlib oʻtgan Qishki Olimpiya oʻyinlarida 4-oʻrinni egallaydilar. Ular mavsumni jahon chempioni boʻlish bilan yakunlaydilar.
Shishkova va Naumov 1995-yilda uchinchi jahon medali — kumushni qoʻlga kiritadi. 1991—1995-yillarda esa bu juftlik beshta Yevropa medalini qoʻlga kiritishga muyassar boʻlgan. 1996-yilning fevral oyida ular 1995—1996-yillardagi Chempionlar seriyasi finalida oltin medal egasi boʻladilar. (keyinchalik bu musobaqa nomi Grand-Pri finali deb oʻzgartirilgan).
1996-yilgi jahon chempionatida Shishkova bilan Naumov qisqa dasturdan keyin uchinchi oʻrinni egallaydi. Uzoq dasturda toʻrt nafar hakam oltin medal sohiblari Marina Eltsova / Andrey Bushkovga birinchi oʻrin uchun ovoz beradi va toʻrt nafar hakam Shishkova bilan Naumovni yoqlab ovoz beradi, biroq qolgan besh hakamning past baholari ularni shohsupaning 4-oʻriniga tushirib yuboradi.
Shishkova bilan Naumov 1998-yilgi qishki Olimpiya terma jamoasiga kirmagan. Ular 1998-yilda ISU musobaqasidan chiqishga va professional tarzda konkida uchishga qaror qilishadi. Bu juftlik 1998-yil aprel oyida professional jahon chempionatida gʻolib chiqadi. Keyin ular Konnektikut shtatining Simsberi shahridagi Xalqaro konkida uchish markazida ishlagan holda murabbiylikka oʻtishadi. Ular 2017-yil fevral oyida Boston konkida uchish klubiga koʻchib oʻtishadi.
Shaxsiy hayoti
Shishkova va Naumov 1995-yil avgust oyida Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida turmush qurishadi. Ular 1998-yilda Konnektikutning Simsberi shahriga borib joylashadilar Ularning oʻgʻli Maksim Naumov 2001-yil avgust oyida tugʻilgan. Bu juftlikning farzandi Amerika Qoʻshma Shtatlari uchun erkaklar oʻrtasidagi yakkalik bahslarida qatnashadi.
Dasturlar
(Shishkova bilan)
Raqobatning asosiy nuqtalari
GP: Chempionlar seriyasi (Grand-Pri)
Shishkova bilan:
Manbalar
Navigatsiya
Andoza:NavigationBofrostCuponIceChampionsFigureSkatingPairs
uz.wikipedia.org