Vadim Grakovskiy
Grakovskiy Vadim Yefimovich (1960-yil 26-aprelda Toshkentda tugʻilgan) — aktyor, teatr va kino rejissyori. Bir qator teatr loyihalari va festivallarining tashkilotchisi hamda direktori.
Vadim bolaligidan teatrga qiziqqan, maktabda tashkil etilgan havaskorlik spektakllarida faol ishtirok etgan. Moskva teatr oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kira olmagach, Toshkent Davlat universitetining Filologiya fakultetiga o‘qishga qabul qilingan va ushbu oliygohni 1990-yilda tamomlagan. Grakovskiy shuningdek, 1996-yilda Toshkent teatr institutining Rejissyorlik fakultetini tugatgan. Sanʼatshunos olim 2001-yildan buyon Germaniyaning Berlin shahrida yashab ijod qiladi.
Vadim Yefimovich aktyor Vladislav Grakovskiyning akasi.
Ijodiy biografiyasi
1982-1994-yillarda „Mayatnik“ teatr studiyasida aktyor va rejissyor yordamchisi (18 ta katta va kichik rollar);
1994-2002-yillarda Toshkentdagi Davlat akademik drama teatri, „Aladdin“ nomidagi teatr, „Zarafshon“ korxona teatri, „Lik“ raqs teatri aktyori va rejissyori (8 ta rejissyorlik va 21 ta aktyorlik ishi);
1997-2000-yillarda Oʻzbekiston yosh dizaynerlar festivali tashkilotchisi va direktori;
2002-yildan Eslingen shahridagi (Germaniya) shahar bayramlari tashkilotchisi va direktori;
2003-yildan Berlindagi Rossiya kamera teatring aktyori va rejissyori;
2006-yildan Berlindagi bolalar eksperimental teatrining direktori;
2008-yildan „Rus sahna“ teatri aktyori (Berlin).
2008-yildan Rostokdagi „Mechae“ yahudiy teatrining aktyori bo‘lgan.
Xalqaro festivallardagi ishtiroki
1982-1994-yillarda Fransiya, Polsha, Italiya, Ispaniya, Daniya, Shvetsiya, Shveytsariya, Belgiya, Gollandiya, Angliya, Portugaliya, Turkiya, Germaniyadagi festivallar ishtirokchisi.
2008-yil — Pushkin tog‘larida teatr festivali;
2008-yil — Brestda (Belarus) „Belaya Veja“ teatr festivali;
2009-2010-yillarda „Rossiyadagi uchrashuvlar“ teatr festivali (Sankt-Peterburg).
2009-yil — Dublin (Irlandiya) teatr festivali.
2009-yil — Valkadagi (Latviya) teatr festivali.
2009-yil — Kishinyovdagi (Moldova) teatr festivali.
Sofiya (Bolgariya), Qozon (Tatariston) va Toshkentda (O‘zbekiston) shaharlarida o‘tkazilgan xalqaro festivallarda eng yaxshi aktyor sifatida taqdirlangan.
Rejissorlik ishlari (tanlanganlari)
1982-1994-yillarda „Chinzano“, „Andante“ (L.Petrushevskaya);
„Siz ham aybdorsiz“, „Do‘stlar“ (Kobo Abe);
„Zemlyanichnaya polyana“ (S.Polyakov);
1996-yil „Egizaklar“ (Jan-Jak Briker, Moris Laseg);
2003-yil „Taqdirga sayohat“ raqs va drama spektakli;
2007-yil „Jena Chaykovskogo — roman, kotorogo ne bilo“ raqs va drama spektakli.
Aktyorlik ishlari (tanlanganlari)
„Mayatnik“ teatr-studiyasi (Toshkent)
M. Gorkiy nomidagi Toshkent akademik teatri
Toshkent „Aladdin“ teatri
„Xalqaro teatr“ (Frankfurt Mayndagi)
„Rus kamera teatri“ (Berlin)
„Mechae“ yahudiy teatri (Rostok)
Rus sahna teatri (Berlin)
Kino va televideniyeda ishlari ( tanlanganlar )
Manbalar
uz.wikipedia.org