Uzuv Boqiyevich Zokirov
Uzuv Boqiyevich Zokirov (1934.17.9, Toshkent) — farmakolog, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1984), tibbiyot fanlari doktori (1968), professor (1970). Toshkent tibbiyot akademiyasi ni tugatgan (1958). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Usimlik moddalari kimyosi institutida kichik va katta ilmiy xodim (1961—69). Toshkent tibbiyot akademiyasi farmakologiya kafedrasi mudiri (1978-yildan). Toshkent farmatsevtika instituti rektori (1985—88). Farmakalogiya qoʻmitasi raisi (1995—98). Asosiy ilmiy ishlari Urta Osiyoda keng tarqalgan dorivor oʻsimliklardan ajratilgan hamda sintez kilingan moddalarni izlash, oʻrganish va amaliyotga tatbiq etishga ba-gʻishlangan. Issiq iqlim sharoitida qishloq xoʻjaligida qoʻllaniladigan pestitsidlar bilan zaharlanganda hazm fermentlari faolligining buzilishi hamda uning oqsil, yogʻ, uglevodlar parchalanishi va soʻrilishiga salbiy taʼsirini ilk bor ilmiy asoslab, oldini olish yullarini ishlab chiqqan.
Manbalar
uz.wikipedia.org