Uzunquyruq




Dumparast , uzunquyruq (Terpsiphone paradisi) — chumchuqsimonlar turkumining pashshaxoʻrlar oilasiga mansub qush. Kattaligi chumchuqdek. Narining ikkita dum pati juda uzun, 50 sm gacha yetadi. D. nomi shu tariqa yuzaga kelgan. Jan. Manchjuriya va Primoryedan Oʻrta Osiyogacha tarqalgan. Oʻzbekistonda (Fargʻona vodiysi, Toshkent, Samarqand, Surxondaryo viloyatlariga) kech bahorda kelib, kuz boshlarida uchib ketadi. D. togʻ hamda togʻ etaklaridagi oʻrmon va bogʻlarda yashaydi. Daraxtda uya quradi. 4—5 dona tuxum qoʻyadi. Turli hasharotlar bilan oziklanadi. Oʻzbekistonda alohida muhofazaga muhtoj.

Adabiyot




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz