UZUNLIK



UZUNLIK —chiziqlarning sonli xarakteristikasi. Kesma uzunligi uning uchlari orasidagi masofaga teng. Siniq chiziq uzunligi uni tashkil qiluvchi kesmalar uzunliklari yig’indisiga teng. Regulyar chiziq uzunligi unga ichki chizilgan siniq chiziqlar uzunliklari yuqori chegarasiga teng. Regulyar chiziq uzunligi chekli son bo’ladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz