Uzunkoʻl (tuman)





Uzunkoʻl tumani' — Qoʻstanay viloyatining shimoliy qismida joylashgan. 1939-yili tashkil topdi. 1966-yilgacha Uzunkoʻl, 1966 — 96-yillarda Lenin tumani deb nomlanib keldi. Maydoni 7,2 ming km. Aholisi 25 264 kishi (2010). Tumanning maʼmuriy markazi — Uzunkoʻl qishlogʻi.

Geografiyasi



Tuman Gʻarbiy Sibir tekisligining janubi-gʻarbiy hududida joylashgan. Tuman yeri asosan tekislik, faqat markaziy va gʻarbiy qismi anchagina qir-adirliklardan tashkil topgan. Mutlaq balandligi 185 m. Obagʻan dar. vodiysining mutlaq balandligi 89 m. Hududining asosiy qismini koʻlli, soygʻoq landshaft tashkil qiladi.

Aholisi



Tuman aholisi koʻp millatli hisoblanadi. Aholisining zichligi 1 km-ga 3,8 kishidan toʻgʻri keladi Tuman aholisining milliy tarkibi (1-yanvar 2010-yil):

Iqlimi



Iqlimi keskin kontinental, qishi sovuq, qahraton, boʻronli, yozi iliq, qurgʻoq. Yanvar oyining oʻrtacha harorati −17 — 19 °C, iyulniki 19 — 21 °C. Yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha miqdori 300 – 350 mm. Tumanning gʻarbiy tarafidan Obagʻan daryosi oqib oʻtadi. Tumanda koʻllar koʻp, asosan koʻpchiligi chuchik suvli. Ularning umumiy hududi 33,8 ming ga. Katta koʻllari: Sarioba, Rechnoy, Saribaliq, Jarqayin, Jasilbagʻar, Ayjan, v.h.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz