Uzunagʻash
Uzunagʻash — Almati viloyati Jambul tumanidagi qishloq, tuman markazi (1934). Viloyat markazi — Taldiqoʻrgʻan shahridan janubi-gʻarbga tomon 314 km, Almati shahridan gʻarbga tomon 44 km uzoqlikda joylashgan. Aholisi 30,5 ming kishi (2009).
Aholisi
1999-yil qishloq aholisi 23,887 kishini (11,579 nafari erkaklar, 12,308 nafari ayollar). 2009-yilda esa 30,589 kishi tashkil qildi (14,952 erkaklar va 15,637 nafari ayollar).
Ijtimoiy soha
Qishloqda tuman kommunal xoʻjaligi, elektr energiya tarmogʻi, bosmaxona, telekommunikatsiya, aloqa boʻlimlari va boshqa mahkamalar faoliyat yuritmoqda. Shuningdek tuman kasalxonasi, shifoxona, dorixona, feldsher-akusherlik punkt, san-epidstansiya, maktab, maktab-internat, sport maktabi, kutubxona, madanyat uyi, klub, stadion, masjid, mehmonxona va boshqalar faoliyat yuritmoqda. Uzunagʻash orqali respublika ahamiyatiga ega Almati — Chimkent Avtomagistrali oʻtadi.
Manbalar
[[Turkum:Qozogʻiston aholi punktlari]]
{{Kz-geo-stub}}
uz.wikipedia.org