Uzun o’lchamli val




Uzun oʻlchamli val deb  — uzunligi oʻz diametridan oʻn barobar koʻp boʻlgan val ataladi. Val silindrsimon detallar turiga mansub boʻlib, koʻp hollarda aylanma harakatini amalga oshiradi. Koʻp qurilmalarning konstruksiyalarida „Val“ tipidagi qismlar mavjud. Asosan, bu turdagi qism momentni uzatish uchun moʻljallangan. Uzun oʻlchamli vallar oʻz konstruksiya chegarasida aylanma harakatini uzoq masofaga uzatishda qollaniladi.

Qollash sohasi



Uzun oʻlchamli vallar transport va qishloq xoʻjaligi mashinalarida, suv kemalarida, metall kesish mashinalarida, togʻ-kon va toʻqimachilik mashinalarining turli mexanizmlarida keng qoʻllaniladi. Masalan, nasos vallari, dvigatel gilzalaridagi, transmissiya quvurlaridagi, turbina qismlaridagi vallar uzun oʻlchamli boʻladi.

Ishlab chiqarish




Uzun oʻlchamli vallarni ishlab chiqarish juda murakkab jarayon emas, yaʼni tayyorlash texnologiyasi koʻp mehnat va resurs talab qilmaydi. Biroq, muhandislik sohasining barcha vakillari valning uzunligi ortishi bilan uning bikrligi kamayib ketishini nazariy va amaliy tajribalar asosida aniqlashgan yaʼni yuklar taʼsirida uning egilishi ortadi. Har qanday mashinaning vali eng muhim qismlardan biridir, chunki u ogʻir yuklar bilan va koʻp hollarda yuqori tezlikda ishlaydi. Shu sababli, vallarni yengilroq, bikrligini saqlagan holda mustahkamroq, shuningdek ichi boʻsh va ingichka devorli qilishga harakat qilinadi. Ishlab chiqarishda hamda texnologik jixozlarda uzun va tez aylanuvchi ogʻir qismi boʻlgan vallarda egilishni kamaytirish uchun vallardagi kuchlanishni teng taqsimlash yoki qoʻyilgan tayanchlarni oʻrnini almashtirish, ularni vaznini yengillashtirish mumkin. Vallarning uzunlik boʻyicha shakli ularga taʼsir koʻrsatadigan kuch va momentlaraning taqsimlanishi, tayyorlash texnologiyasi va ularni yigʻish shartlariga binoan aniqlanadi. Vallarning uzunligi boʻyicha eguvchi momentlar va koʻndalang kuchlarning epyuralari odatda oʻzgaruvchandir. Vallar tayyorlash uchun termik ishlov berish mumkin boʻlgan uglerodli va legirlangan 45, 45X markali poʻlat materiallar tanlanadi. Bunda katta yuklanishli mashina vallari 40XN, 40XN2MA, 30XGSA markali poʻlat materiallardan tayyorlanib, ularni xossalarini yaxshilash, yuqori chastotali tok yordamida toblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:



1.    Nguyen Van Xuan. Yuzaki plastik deformatsiyalar bilan uzun vallarning egilish qattiqligini oshirish.

2.    „Uzun va qisqa vallarning qiyosiy jihatlari, oʻzaro almashtirishning maqsadga muvofiqligi asoslari“ A.Mirzaumidov, K.Akramova / ARES-2022.

Havolalar:




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz