Uzuklar hukmdori: Qirolning qaytishi
Uzuklar hukmdori: Qirolning qaytishi (inglizcha:
The Lord of the Rings: The Return of the King ) 2003-yilda katta ekranlarga chiqqan hamda Peter Jackson tomonidan suratga olingan epik, fentezi va sarguzasht janrlaridagi AQSh filmidir. Film gʻoyasi J. R. R. Tolkien qalamiga mansub Qirolning qaytishi nomli kitobga asoslangan hamda Uzuklar hukmdori trilogiyasining uchinchi va soʻnggi qismidir. Film produserlari Barrie M. Osborne, Fran Walsh va Jackson, ssenariyni esa Walsh, Philippa Boyens, Stephen Sinclair va Jackson yozishgan. Kartina prikvellari Uzuklar ittifoqi (2001) va Ikki qalʼa (2002) filmlaridir. Filmda bosh qahramonlarni jonlantirgan aktyorlar sirasiga Elijah Wood, Ian McKellen, Liv Tyler, Viggo Mortensen, Sean Astin, Cate Blanchett, John Rhys-Davies, Bernard Hill, Christopher Lee, Billy Boyd, Dominic Monaghan, Orlando Bloom, Hugo Weaving, Miranda Otto, David Wenham, Brad Dourif, Karl Urban va Andy Serkis kirishadi.
Uzuklar hukmdori: Qirolning qaytishi filmi premyerasi Wellington shahridagi Embassy kinoteatrida 1-dekabr 2003-yilda boʻlib oʻtdi, AQShda 17-dekabr 2003-yildan, Yangi Zelandiyada esa 18-dekabr 2003-yildan boshlab kinoteatrlarda namoyish qilindi. Film budjeti $94 millionni tashkil etib, kartina umumjahon boʻylab $1.1 milliard daromad koʻrishga muvaffaq boʻldi va bu koʻrsatkich bilan 2003-yilning eng kassabop filmi, dunyo miqyosida esa yigirma toʻrtinchi eng kassabop film boʻldi.
Rotten Tomatoes kinotanqid saytida Uzuklar hukmdori: Qirolning qaytishi haqida 275 maqola yigʻilib, ulardan 93 foizi filmni ijobiy baholaydi. Sayt konsensusi shunday: „Vizual jihatdan hayajonli va emotsional jihatdan qudratli boʻlgan Uzuklar hukmdori: Qirolning qaytishi kinokartinasi buyuk trilogiyaning hislarni uygʻotadigan va qoniqarli xotimasidir.“
Mazmuni
Ikki hobbit — Sméagol va uning jiyani Déagol baliq oviga chiqishganida, Déagol daryo boʻyida Bir uzuk (inglizcha: One Ring) ni topib oladi. Sméagolning ongi uzuk tomonidan boshqariladi va bu uzuk taʼsirida jiyanini oʻldiradi. U uzuk tomonidan tanasi va ongi Gollum mavjudotiga aylantirilguniga qadar qirovli togʻga chekinadi.
Oradan asrlar oʻtgach, Uzuk jangi davomida Gandalf Aragorn, Legolas, Gimli va qirol Théodenni Isengardga olib boradi va uni yerda Merry va Pippin bilan yangidan birlashadi. Gandalf Sarumanning palantírini qaytarib oladi va jamoa Edoras shahriga Helmʼs Deepdagi gʻalabani nishonlash uchun qaytadi. Shu kecha, Pippin palantírni koʻz tashlab chiqadi va buni Sauron koʻrib qoladi. Pippinning miyasidagi fikrlarni tinglaganidan soʻng, Gandalf Sauron Gondorning poytaxti Minas Tirith shahriga hujum qilmoqchi deya taxmin qiladi. Keyin, u Pippin bilan birga Gondor boshligʻi Denethorni ogohlantirish uchun yoʻlga otlanadi.
Rollarda
Musiqasi
Roʻyxatda keltirilgan treklarning barchasining musiqasini Howard Shore yaratgan.
Mukofot va nomzodliklari
Uzuklar hukmdori: Qirolning qaytishi filmi 76-Oscarni topshirish marosimida jami oʻn bitta nominatsiyasiga nomzod boʻlgan va ularning barchasida gʻolib chiqqan.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org