Uzuk Nebulasi
Uzuk nebulasi (shuningdek, katalogda
Messier 57 ,
M57 va
NGC 6720 ) Lira yulduz turkumining shimolida joylashgan sayyora nebulasi . Bunday nebula yulduz evolyutsiyasining so'nggi bosqichlarida, oq mitti yulduzga aylanishidan oldin,ionlangan gazdan iborat ulkan yorug'lik qobig'ini o'rab turgan yulduzlararo bo'shliqqa chiqarib yuborganda hosil bo'ladi.
Bu nebula fransuz astronomi Sharl Messier tomonidan 1779- yil yanvar oyining oxirlarida kometalarni qidiriyotganda tasodifan kashf etilgan. Messierning Bode kometasini o'zi mustaqil kashf etgani haqidagi xabari ikki hafta o‘tgach, yana bir fransuz astronomi Antuan Darquier de Pellepoixga yetib bordi va u kometani kuzatish davomida nebulani mustaqil qayta kashf etdi. Keyinchalik Darquier "...Uning kattakigi Yupiter bilan teng va so'nib borayotgan sayyoraga o'xshaydi" (bu doimiy "sayyora nebulasi" terminologiyasidan foydalanishga hissa qo'shdi deyish mumkin) deya xabar berdi. U Messierning katalogiga 57-ob'ekt sifatida kiritiladi. Messier va nemis astronom Uilyam Gerschel nebula uning teleskopi bilan yechib bo'lmaydigan ko'plab xira yulduzlardan hosil bo'lgan deb taxmin qildi.
1800-yilda nemis grafi Fridriks fon Xan bir necha yil ilgari nebula markazida xira markaziy yulduzni topganini e'lon qildi. Shuningdek, u halqaning ichki qismi o‘zgarganini va endi markaziy yulduzni topa olmayotganini aytdi. 1864-yilda ingliz havaskor astronomi Uilyam Haggins bir nechta tumanliklarning spektrlarini o'rganib chiqdi va bu ob'ektlarning ba'zilari, shu jumladan M57, flouresan porlayotgan gazlarga xos bo'lgan yorqin emissiya chiziqlari spektrlarini ko'rsatishini aniqladi. Haggins, ko'pchilik sayyora tumanliklari ilgari taxmin qilinganidek, hali yechilmagan yulduzlardan iborat emas, balki nebulozitlar ekanligi haqidagi xulosaga keldi. Tumanlik birinchi marta 1886- yilda vengriyalik astronom Yevgeniy fon Gotar tomonidan suratga olingan
Shuningdek qarang
Ma'lumotnomalar
Tashqi havolalar
uz.wikipedia.org