UZS




Soʻm  — Oʻzbekiston Respublikasining pul birligi. 1 Soʻm qimmati 100 tiyin. Xalqaro ifodasi UZS Soʻm Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasini muomalaga kiritish toʻgʻrisida“gi 1994-yil 16-iyundagi farmoni bilan 1994-yilning 1-iyulidan respublika hududida yagona, cheklanmagan va qonuniy toʻlov vositasi sifatida muomalaga chiqarilgan. Qimmatbaho metallar suvi yuritilgan turli qiymatdagi yubiley tangalar esa turli sanalar nishonlanishi munosabati bilan va numizmatik maqsadda chiqarilgan (qarang Tanga). Soʻmning muomalaga kiritilishi Oʻzbekiston pul muomalasi va hisob-kitoblar tizimini tashkil etish hamda respublika iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega boʻldi. Milliy valyuta pul belgilarini muomalaga chiqarish va uning barqarorligini taʼminlashni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki amalga oshiradi. 1 soʻm = 100 tiyin. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 122—moddasi va „Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining asoslari toʻgʻrisida“gi qonunning 11-moddasi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisning 1993-yil 3-sentabrdagi 952-XII sonli qaroriga muvofiq 1994-yil 1-iyuldan boshlab, Oʻzbekiston Respublikasi hududida qonuniy toʻlov vositasi boʻlgan milliy valyuta — „soʻm“ muomalaga kiritildi. 2013-yil iyunida 5000 soʻm qiymatlik yangi banknota chiqishi haqida xabarlar tarqaldi. 2013-yil 27-iyunida Oʻzbekiston respublikasi Markaziy banki shu yilning 1-iyulidan boshlab qiymati 5000 soʻm boʻlgan pul chiptalarini muomalaga chiqarishini bildirdi.. 2017-yil 20-fevralda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati kengashining „Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 10000 soʻmlik banknotlarning chiqarilishi toʻgʻrisida“gi qarori qabul qilindi. 2021-yil 14-iyundan 2000 va 20000 soʻmlik banknotlar muomalaga chiqarildi.

Tangalar va ularning yillari



1994-2000




2000-2004



2001-yilgi 50 soʻm va 2004-yilgi 100 soʻmlik tangalar maʼlum sanalarga atab chiqarilgan boʻlsada (mustaqillikning 10 yilligi, milliy valyutaning 10 yilligi), Markaziy bank tomonidan esdalik tangalar qatoriga kiritilmagan. 2001—2004-yillarda zarb qiligan 50 va 100 soʻmlik tangalar 2019-yil 1-iyuldan 1, 5 va 10 soʻm qiymatiga ega boʻlgan tangalar 2020-yil 1-martdan muomaladan chiqarilgan.

3-chiqarilishi (2018-yil)



2018-yil 2-iyuldan muomalaga kiritilgan.

Esdalik tangalar va ular haqida ma'lumotlar




Esdalik tangalari Markaziy bank tomonidan 1994-yildan beri zarb qilinadi. Tangalar qimmatli metallardan (10, 50 va 100 soʻmli), oddiy metallardan (25, 50, 100 va 500 soʻmli) va oltin qoplamali oddiy metallardan (1 va 10 soʻmli) zarb qilingan.

Banknotlar



1992-1994




Barcha kupyuralarning old tomonida Oʻzbekiston gerbi, orqa tomonida Samarqand Registon maydonidagi Sherdor madrasasi tasviri tushirilgan
Banknot raqamlari AB 12345678 (1—500 soʻmlar) yoki AB 1234567 (500—10 000 soʻmlar), banknotning old tomonida Oʻzbekiston gerbining ostida joylashgan.
1993-yil 15-noyabrda muomalaga kiritilgan, 1994-yil 1-avgustda muomaladan chiqarilgan. Bu seriyadagi banknotlar Angliyada „Harrison & Sons Ltd“ bosmaxonasida chop etilgan.

1994-1999




2001-2019




2021-yildan




Yana qarang




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz