Uzoq sayohat




Uzoq sayohat (kat. El Llarg Viatge, ispancha: El largo viaje) — ispan haykaltaroshi Franseska Torrensa Monso (1922—2015) tomonidan yasalgan haykaldir. Barselonadagi (Ispaniya) Rambla de Prim va Rambla Guipuskoa burchagida joylashgan.

Barselona meriyasi buyrugʻi bilan yasalgan. 1992-yil 4-aprelda, 1992-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari boshlanishidan uch oy oldin ochilgan. Ochilish marosimida Barselona (Paskual Maragall) va Torres Monso tugʻilgan shahar Jirona (Joakim Nadal) meri ishtirok etdi. Ishning narxi 12,379,000 pesetani (74,400 yevro) tashkil etgan.

Balandligi 9 metr boʻlgan haykal korten poʻlatidan yasalgan va uzunligi 60 metr boʻlgan sunʼiy koʻl qirgʻogʻida oʻrnatilgan.

Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz