Uzinfocom
UZINFOCOM — Oʻzbekiston Respublikasida davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Yagona Integrator. 2002-yilda tashkil topgan. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tarkibiga kiradi.
Tarixi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 30-maydagi PF-3080-son Farmoni bilan Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi (OʻzAAA) huzurida „UZINFOCOM“ Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi davlat unitar korxonasi tashkil etildi. UZINFOCOM tomonidan barcha davlat organlariga kompyuter texnikalari, tarmoqlar hamda axborot xavfsizligi boʻyicha xizmatlar koʻrsatildi.
„UZINFOCOM“ markazi davlat unitar korxonasi 2017-yil 29-avgustda „Davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator UZINFOCOM“ ga aylantirildi hamda davlat-xususiy sheriklik loyihalarida ishlash uchun Mas’uliyati cheklangan jamiyat sifatida qayta roʻyxatdan oʻtkazildi.
2022-yil aprel oyida Urganch shahrida UZINFOCOMning Xorazm viloyati boʻyicha hududiy boʻlimi ochildi.
2022-yil may oyida Farg‘ona shahrida UZINFOCOMning Farg‘ona viloyati boʻyicha hududiy boʻlimi ochildi.
Boshqaruv Faoliyat
Respublikamizdagi asosiy tashkilotlarning ilk veb-saytlari UZINFOCOM mutaxassislari tomonidan yozilgan.
2009-yilda UZINFOCOM mamlakatdagi birinchi maʼlumotlarni qayta ishlash markazi (DPC) operatori boʻldi (dc.uz).
Shuningdek, UZINFOCOM Oʻzbekiston Respublikasi „Elektron hukumat“ tizimining Ma’lumotlarni qayta ishlash markazining texnik operatori boʻlib, „my.gov.uz“ interaktiv davlat xizmatlari Yagona portali (YPXIS), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi (pm.gov.uz), meningfikrim.uz jamoatchilik fikri portali faoliyatini ta’minlaydi.
2017-yil 29-avgustda UZINFOCOM davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integratorga aylantirildi hamda davlat-xususiy sheriklik loyihalarida ishlash uchun mas’uliyati cheklangan jamiyat sifatida qayta roʻyxatdan oʻtkazildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-maydagi PQ-4321-son qarori bilan UZINFOCOM ning davlat ulushi UMS kompaniyasiga oʻtkazildi.
Loyihalar
2022-yilda UZINFOCOM jamoasi Linux yadrosi asosida Xinux operatsion tizimini ishlab chiqishni boshladi.
Xalqaro hamkorlik
2002-yil 18-oktyabrda UZINFOCOM ICANN bilan shartnoma imzoladi va .UZ TLD maʼmuri boʻldi.
2022-yil iyun oyida Qirgʻizistonning SE Infocom kompaniyasi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org