Uzeir Hojibekov




Üzeyir Hacıbəyov yoki Uzeyir Hajibeyli (toʻliq ismi: Uzeyirbey Abdulhasan oʻgʻli Hajibeyov; 18-sentabr 1885, Aqchabadi — 23-noyabr 1948, Boku, Ozarbayjon SSR, SSSR) — ozarbayjon bastakor, dirijyor, musiqashunos — olim, publitsist, dramaturg, pedagog va ijtimoiy xodim, zamonaviy Ozarbayjon professional musiqa san’ati va milliy operasi asoschisi. Üzeyir Hacıbəyov asarlari dunyo musiqa durdonalaridan hisoblanadi.

Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019–yil 7-may 211-son Qaroriga binoan Üzeyir Hacıbəyov Ozarbayjon Respublikasida asarlari davlat mulki deb e’lon qilingan mualliflar roʻyxatiga kirgan.

Ozarbayjonda xizmat koʻrsatgan san’at xodimi (1935), SSSR xalq artisti (1938), Stalin mukofoti laureati (1941), „Lenin ordeni“ (1938) va „Qizil mehnat bayrogʻi“ ordeni laureati, Ozarbayjon Fanlar Akademiyasi akademiki (1945), professor (1940), Ozarbayjon Bastakorlar Ittifoqi raisi (1938-1948), Ozarbayjon Davlat Konservatoriyasi rektori (1928-1929, 1939-1948), Ozarbayjon FA San’at instituti direktori (1945-1948). Ozarbayjon SSR va Ozarbayjon Respublikasi madhiyalarining bastakori, musulmon sharqida ilk opera muallifi.

Hayoti




Üzeyir Hacıbəyov 1885-yil 18-sentabrda Abdulhusaynbey va Shirinbeyim xonim Hajibeyovlar oilasida tugʻilgan.
Uzeyirning otasi Abdulhusayn Mulla Muhammad oʻgʻli Hajibeyov oʻz davrining savodli, ziyoli shaxslaridan biri edi. U XIX asrning taniqli davlat arbobi va shoiri, Qorabogʻ xonlarining vorisi Xurshidboni Notavonning mirzasi boʻlgan va uning Aqchabadidagi xoʻjaligini boshqargan. Uzeyirning onasi Shirinbeyim xonim Qorabogʻda mashhur Aliberdiyevlar naslidan edi. Üzeyir Hacıbəyovning oilasida uch aka-uka, ikki opa-singil boʻlgan. Oʻgʻil bolalar Zulfiqor, Uzeyir va Jayhunning kelajakda adabiy va musiqiy iste’dodining shakllanishida oilaning katta roli boʻlgan. Uning hayotida Abbasovlar oilasi katta oʻrin egallardi.

Uzeyirdan boshqa oilaning barcha farzandlari Shushada tugʻilishgan. Uyning toʻrtinchi farzandi boʻlgan Uzeyir Shushada emas, Aqchabadida tugʻilishining ham oʻz tarixi bor. Uzeyirning otasi Abdulhusayn Xushidbonu Notavonning mirzasi boʻlish bilan birga xon qizining Aqchabadidagi xoʻjaligiga rahbarlik qilardi. Shu sababli ham yilning koʻp qismini oʻsha yerda oʻtkazardi. Shirin xonim esa Uzeyirga homilador boʻlganda, Aqchabadiga borib turmush oʻrtogʻidan xabar olishga, soʻng yana Shushaga qaytishga qaror qiladi. Opalaridan xabar olish uchun avval Ogʻdomga boradi. Faqat opalari uni tez qoʻyib yuborgilari kelmaydi. Shirin xonimni 8 opa-singilning har biri oʻz uyida mehmon qiladi. Aqchabadiga borganda ortiq juda kech edi. Shushaga qayta olmaydi. Shu sababli ham kelajakning dohiysi boʻladigan oʻgʻlini Aqchabadida dunyoga keltiradi. 1 oydan soʻng esa tuya ustiga taxtiravon yasab, Shirin xonimni Uzeyir bilan Ozarbayjon madaniyati beshigi boʻlgan Shushaga olib kelishadi.

Ota–onasi Aqchabadidan Shushaga koʻchgach, Uzeyir ilk tahsilini bu yerdagi ikki sinfli rus-turk maktabida oldi. Shushaning boy musiqa-ijrochilik an’analari Hajibeyovning musiqiy tarbiyasiga alohida ta’sir koʻrsatdi. Uning ilk ustozi Ozarbayjon musiqasining taniqli olimi, togʻasi Ogʻalarbey Aliberdibeyov boʻlgan. Uzeyirbeyning togʻasi Ogʻalarbey Aliberdibeyov Shavkat Alakbarovaning ham ilk musiqa muallimi boʻlgan.

Goriy seminariyasida tahsili




Üzeyir Hacıbəyov 1899-1904-yillarda Goriy oʻqituvchilar seminariyasida tehsil olgan. Uning dunyoqarashi shakllanishida seminariya katta rol oʻynagan. Üzeyir Hacıbəyov seminariya yillarida ilgʻor dunyo madaniyati bilan yaqindan tanish boʻlgan. U bu yerda Yevropa musiqa klassiklarining asarlarini oʻrgangan, skripka va baritonda chalishni oʻrgangan, xalq qoʻshiq namunalarini nota koʻchirgan. Goriy seminariyasida Üzeyir Hacıbəyov kelajakda Ozarbayjon opera musiqasida oʻz soʻzini ayta oladigan Muslim Magomayev bilan tanishdi. Seminariya yillaridan boshlangan doʻstlik keyinchalik qarindoshlikka aylandi. Üzeyir Hacıbəyov Maleyka xonim bilan, Muslim Magomayev esa Bodiguljamol xonim Teregulova bilan turmush qurdi.

Seminariyani tamomlagach Üzeyir Hacıbəyov 1904-yilda Jabroil uyezdining Hadrut qishlogʻiga oʻqituvchi etib tayinlandi. Hadrut qishloq maktabida rus tili, hisob, tarix va musiqadan dars bergan.

Üzeyir Hacıbəyovning Bokuga kelishi



Üzeyir Hacıbəyov Rossiyada 1905-1907-yillar inqilobi arafasida Bokuga kelib, Bibihaybatda, keyinchalik esa “Saodat” maktabida dars oʻtgan. Üzeyir Hacıbəyov Bokuda adabiy-publitsistik faoliyatga boshlab, „Hayot“ gazetasida tarjimon boʻlib ishladi. Oʻsha kundan nashr etila boshlangan „Irshod“ gazetasida ishladi. 1907-yilda Bokuda ozarbayjon turkchasida „Hisob masalalari“ va “Matbuotda foydalaniladigan siyosiy, huquqiy, iqtisodiy va harbiy soʻzlarning turk-rus va rus-turk lugʻati”ni nashr ettiradi. Rus yozuvchisi Nikolay Gogolning „Shinel“ povestini ozarbayjon tiliga tarjima qiladi.

1911-yilda Üzeyir Hacıbəyov musiqiy tehsil olish uchun Moskvada borib, Moskva filarmonik jamiyati qoshidagi Ilyinskiyning maxsus kursida tehsil oldi. Moskvadan joʻnatgan satirik hikoya va felyetonlar „Iqbol“ gazetasida chop etildi. Moddiy qiyinchilik tufayli Üzeyir Hacıbəyov Moskvada musiqiy tahsilini chala qoldirib, Bokuga qaytishga majbur boʻldi. Bastakor Bokuga qaytib, bu yerda ijodiy faoliyatini davom ettirib, yozgan operalarni sahnaga qoʻyish bilan shugʻullanadi.

Üzeyir Hacıbəyov bilan Maleyka xonim Hajibeyova 1910-yilda turmush qurishadi. Ixtisosi rus tili oʻqituvchisi boʻlgan Maleyka xonim turmush oʻrtogʻining san’atiga yaqin boʻlish uchun konservatoriyaning musiqiy nazariyasi shoʻbasiga kiradi. Asosan kechalari ishlaydigan Uzeyirbeyni Maleyka xonim hech qachon yolgʻiz qoldirmagan. Bu insonlar 38 yil umr koʻrishdi.

Oʻlimga bir qadam



1918-yilda armanlarning Ozarbayjonda sodir etgan mart qirgʻini payti arman doshnoqlari Uzeyirbeyning uyini oʻqqa tutishadi. Sharqning ilk operasini yozgan bastakorga hasad bilan qarovchi doshnoqlar uyning devorlarini, tomini oʻq yomgʻiriga tutdilar. Bu oʻqlar 1975-yilda bastakorning uy mezeyi ochilishi arafasida tozalangan.

Sovet hokimiyatining ilk yillarida Üzeyir Hacıbəyovning nomi tez-tez xalq dushmanlari qatorida tilga olina boshlandi. 1920-yilda bastakorni otib tashlamoqchi boʻlishadi. Bu xavf tasodifan bartaraf etiladi. Üzeyir Hacıbəyovning qayni Hanafiy Terequlov aqidaparast kommunist edi. U xavfsizlik idorasi shoʻba mudirlarining birining stoli ustida tasodifan oʻlim hukmi chiqarilgan 59 nafarning roʻyxati orasida Üzeyir Hacıbəyovning ham ismini koʻradi. Asabiy holatda Narimon Narimonov yoniga borib, ahvolni aytib beradi. Narimon Narimonov muvofiq organlardan ushbu roʻyxatni talab qiladi. Ularni shoshma-shosharlik bilan qaror chiqarishda ayblagan Narimonov bu roʻyxatni yirtib tashlaydi. Narimon Narimonov bastakorga bir muddat Bokudan uzoqlashishni maslahat beradi.

1939-yilda Üzeyir Hacıbəyov qand kasalligiga duchor boʻldi. Uzoq yillar Üzeyir Hacıbəyovning shaxsiy kotibi boʻlib ishlaydigan yaqin qarindoshi Ramazon Xalilovning soʻzlariga koʻra, bastakor bu bemorlikni badnom qoʻshnilari tufayli orttirdi. 1939-yilda Moskvada ittifoq miqyosida milliy musiqa asboblari ijrochilarining musobaqasi oʻtkaziladi. Stalinning koʻrsatmasi bilan hay’atiga Üzeyir Hacıbəyov rahbarlik qilardi. Musobaqa vaqti bastakor qattiq asabiylashadi, tabiatan bosiq inson boʻlgan Uzeyirbey uzoq vaqt oʻziga kelolmaydi: Ozarbayjondan vakillik qilgan ijrochilar orasida armanlar boʻlishiga qaramay, Boku armanlari Uzeyirbey millatchilik qilib, boshqa millatlarni musobaqada ishtirok etishiga qoʻymagani haqida shikoyat qilib Moskvaga maktub yozishadi. 30-yillar uchun bu ayblov juda ogʻir edi. Molotov unga yozilgan arizaga beparvolik bilan qarab, bastakorga joʻnatadi: „Oʻzingiz hal qiling“. Boshdan-oxirigacha boʻhton hisoblangan bu ariza bastakorning asablariga jiddiy ta’sir koʻrsatadi va u qand kasalligiga duchor boʻladi.

Üzeyir Hacıbəyov 1948-yil 22-noyabrda vafot etdi.

Ijodi



Publitsistika



Üzeyir Hacıbəyov badiiy ijodga publitsistika bilan boshlagan. U „Kaspiy“, „Hayot“, „Irshod“, „Taraqqiy“, „Haqiqat“, „Iqbol“, „Yangi iqbol“ gazetalarida va „Mulla Nasriddin“ jurnalida „Uyoq-buyoqdan“, „Uyon-buyon“ va b. sarlavhalar ostida „U.“, „Falonchi“, „Bahmonkas“ va b. yashirin imzolar bilan davrning muhim ijtimoiy-siyosiy, ma’rifatchilik masalalariga tegishli koʻplab maqola, felyeton va satirik miniaturalar chop ettirgan. „Mulla Nasriddin“ jurnalida Üzeyir Hacıbəyov kulgili imzolardan ham foydalangan: „Ismi bey, oʻzi falonchi“, „Anash qurbaqa“, „Toshbaqa“, „Qotilov“, „Bahmonkas“, „Jin“, „Xoʻja Lala“, „Bizbizak“, „Choʻpon“, „Aqrab“ (ehtimoliy), „Qof“, „Besh“, „Idoradan“, „Soqov bola“, „Bola oʻgʻlon“, „Ortdan boqqan“, „Ortdan quloq solgan“, „Yolgʻonchi“ va b. Kulgi, yumor uning ham inson sifatida tabiatining, ham adabiy ijodining, shu jumladan, publitsistikasining asosiy sifatlaridan biri edi. XX asr boshlarida Ozarbayjon matbuotining yetakchi janrlaridan boʻlgan felyeton Üzeyir Hacıbəyovning ham publitsistik faoliyatida ahamiyatli oʻrin tutardi. Badiiy va publitsist muvozanatni saqlash e’tibori bilan Üzeyir Hacıbəyovning felyetonlari, ocherk va parodiyalari buyuk qimmati boʻlgan asl san’at asarlaridir.

Üzeyir Hacıbəyovning boy yumoristik soʻz ustaligi oʻsha vaqtlarda davriy matbuot sahifalarida „Uyoq-buyoqdan“ umumiy sarlavha bilan chop etgan maqolalari alohida oʻrin olgan. Üzeyir Hacıbəyovning „Bozor suhbati“, „Mazhaka“, „Tahsil“ kabi asarlari oshkor tanlangan komponentlari bilan satiric hikoya; „Rafiqimdan maktub“, „Uchinchi dallak“, „Majlisimiz tuzi“, „U, hech!“, „Taraqqiyot va qoloqlik“, „Oʻylayman-u, tushunmayman!“ kabi maqolalari oʻz publitsistik alomatlari, ijtimoiy-siyosiy mazmuni va baddiy qimmati bilan felyetondir. Muallif asarlarida asosan Boku shahar Dumasining noʻnoq deputatlarini sharmanda qiladi, siyosiy darajalariga loyiq emasliklarini namoyishkorona, ochiq tarzda ularning yuziga solidi, faoliyatsiz „glasniylarni“ yaproqsiz daraxtlarga oʻxshatadi. Üzeyir Hacıbəyovning latifali va satiric miniaturalarini (masalan, „Davlat Dumasi“. „Ota va oʻgʻil“, „Moiza“ va b.) buyuk komediografning keyingi sahna asarlariga samarali muqaddima deb hisoblash mumkin.

Umri davomida Üzeyir Hacıbəyov Ozarbayjon madaniyati, musiqasiga xizmat qilgan shaxs sifatida 300 dan ortiq xalq qoʻshigʻini notaga slogan, marsh, kontata, fantaziya, qoʻshiq va romanslar, kamera va xor asarlarini yozgan. Üzeyir Hacıbəyov ham Ozarbayjon SSR, Ozarbayjon Xalq Jumhuriyati madhiyalarining bastakori boʻlgan.

Operalar




Üzeyir Hacıbəyov xalqda musiqiy sahna asarlariga qiziqish uygʻotish uchun ozarbayjon tilida milliy opera yaratishga qaror qiladi. Bu ishda akasi Zulfiqor Hajibeyov va ukase Jayhun Hajibeyli, seminariya doʻstlari, davrning ma’rifiy ziyolilari, ozarbayjon artistlar Husayn Arablinskiy, Husaynquli Sarobskiy, Abdurahimbey Haqberdiyev, Hanafiy Terequlov va boshqalar unga yaqindan yordam berishadi.

Layli va Majnun




Üzeyir Hacıbəyovning 1908-yil 12-yanvarda (yangi taqvim bilan 25 da) Bokuda Hoji Zayalobiddin Tagiyev teatrida qoʻyilgan „Layli va Majnun“ operasi bilan faqat Ozarbayjonda emas, barcha musulmon Sharqida opera san’atining asosi qoʻyilgan. Hajibeyov operaning librettosini Fuzuliyning ushbu nomdagi poemasi asosida yozgan. Ilk tomoshaga iste’dodli aktyor va rejissyor Husayn Arablinskiy sahna qurgan. Dirijyor esa yozuvchi-dramaturg Abdurahimbek Haqberdiyev edi. Majnun rolida Husaynquli Sarabskiy, Layli rolida esa oshpaz shogirdi Abdurahim Farajov boʻlgan. Keyingi tomoshalarda esa Hajibeyov oʻzi va uning yaqin doʻsti, hamkasbi bastakor Muslim Magomayev dirijyorlik qilgan.

Bastakorning fikriga koʻra, Fuzuliy poemasining ruhi, lirikasi, „Layli va Majnun“ poemasining romantizmi aynan mugʻom kabi muhtasham musiqa bilan tajassum etilishi mumkin. Opera musiqasi asosan mugʻom va tasniflar ustida tuzilgan. „Layli va Majnun“ bilan musiqa tarixida operaning yangi turi – mugʻom operasi yuzaga keldi. Üzeyir Hacıbəyovning Fuzuliy yaratgan „Layli va Majnun“ poemasiga murojaatining sababi shuki, bu asar ozarbayjon tilida yozilib, Sharq adabiyotining rivojiga katta ta’sir koʻrsatgan. Bu asardan parchalar professional xonandalar tomonidan mugʻomlarda koʻp bor ijro etilib, xalq orasida keng yoyilgan. Ozarbayjonda ilk opera hisoblangan „Layli va Majnun“ xalq tomonidan juda sevildi va bugungacha ham Ozarbayjon opera va balet teatrining sahnasida qoʻyiladi. Ozarbayjon operasining aynan Fuzuliyning „Layli va Majnun“ poemasi asosida yozilishi tasodif emas. Uzeyir ijodida Fuzuliy poeziyasiga juda chuqur muhabbat hukm surardi. Samad Vurgun bekorga Uzayirga „Ey, Fuzuliy she’rining bastakor jigari!“ – deb murojaat qilmagan.

Majnun rolining ilk ijrochisi Husaynquli Sarobskiy boʻlgan. Keyinchalik Sidqi Ruhulla, Xonlar Haqberdiyev, Aliovsat Sodiqov, Sherzod Husaynov, Gulogʻa Mammadov, Mais Salmonov, Quli Askarov, Bakir Hoshimov, Ali Mehdiyev, Orif Boboyev, Bobo Mirzayev, Jonali Akbarov, Safo Qahramonov, Olim Qosimov va Mansum Ibrohimov bu rolni ijro etishgan.

Yaralgan kundan sevilib, musiqasi va soʻzlari tillarda yod boʻlgan „Layli va Majnun“ operasi milliy madaniyatimizning shonli solnomasiga aylandi. Operaning sahnalashtirilishida asosiy muammo Layli rolining ijrochisini tanlash edi. XX asr boshlarida Ozarbayjonda ayol aktyorlari sahnada muammo boʻlgani sababli bu rolning ilk ijrochisi choychi Abdurahmon Farajov boʻlgan. Bir marta Üzeyir Hacıbəyov choyxonada boʻlganida, choychi boʻlib ishlovchi bir odamning yoqimli ovozini eshitadi va uni operaga olib kelib, Layli rolini taklif qiladi. Ikkinchi tomoshada Farajov Layli rolini oʻynashdan bosh tortadi. Yana bir tasodif natijasida Miri ismli shaxsga Laylini oʻynash topshiriladi.

Keyinchalik Ahmad Ogʻdomskiy, Husaynogʻa Hojibobobeyov va nihoyat ayol ijrochilardan sahnaga Sona Hojiyeva, Mahbuba Poshoyeva, Yaver Kalantarli, Gulxar Hasanova, Jahon Talishinskaya, Siymo xonim, Simuzar Hotamova, Ruboba Murodova, Sara Qadimova, Zaynab Xonlarova, Rasmiya Sodiqova, Flora Karimova, Nazokat Mammadova, Sakina Ismoilova, Qandab Quliyeva, Yoqut Abdullayeva, Gulyoz Mammadova, Nazokat Temurova, Guliston Aliyeva va Oygun Bayramova chiqishgan.

Üzeyir Hacıbəyov 1909-1915-yillarda bir-birining ortidan „Shayx Sanon“ (1909), „Rustam va Suhrob“ (1910), „Shoh Abbos va Xurshidbonu“ (1912), „Asli va Karam“ (1912), „Harun va Laylo“ (1915) mugʻom operalarining librettosini xalq dostonlari va rivoyatlar, Firdavsiyning „Shohnoma“ asarining motivlari asosida yozdi. U „Layli va Majnun“dagi uslub xususiyatlarini va estetik san’at prinsiplarini keyingi operalarda ham davom ettirdi.

Xalq dostoni asosida bastalagan „Asli va Karam“ operasida Üzeyir Hacıbəyov mugʻom bilan birga oshiq musiqasidan ham foydalangan.

1937-yil 30-aprelda Ozarbayjon Opera va balet teatrida „Koʻroʻgʻli“ operasi ilk bora tomoshaga qoʻyildi. Xalq qahramonlik dostonining motivlariga asoslangan “Koʻroʻgʻli” operasi Ozarbayjonda ilk klassik opera hisoblanadi. Bu asar Üzeyir Hacıbəyov ijodining choʻqqisi hisoblanadi. Ana shu yili Üzeyir Hacıbəyov „Ozarbayjon SSR xalq artisti“ faxriy nomiga loyiq koʻrildi.

Koʻroʻgʻli operasi



Asosiy maqola: Koʻroʻgʻli operasi

1937-yil 30-aprelda Ozarbayjon davlat akademik opera va balet teatrida ilk bor tomoshaga qoʻyilgan Koʻroʻgʻli operasi (librettosi H. Ismoilov va Mammad Said Ordubodiyningdir) Üzeyir Hacıbəyov ijodining choʻqqisini tashkil etadi. Ozarbayjon opera san’atining durdonalaridan hisoblangan bu operada Uzeyirbey ilk bor klassik opera formasiga rioya qilgan holda sokin ariyalar, ommaviy xor sahnalari, turli ansambllar, balet nomerlari, rechitativlar yaratgan.

U „Koʻroʻgʻli“ operasida simfonik orkestr tarkibiga Ozarbayjon xalq musiqa asboblarini kiritib, orkestrning rangbarang jaranglashiga erishgan. Üzeyir Hacıbəyov Ozarbayjon musiqasida burilish yaratgan dohiy bastakordir. U XIX asr boshlarigacha ogʻzaki xalq musiqa san’ati shaklida mavjud boʻlgan Ozarbayjon milliy musiqasini Gʻarbiy Yevropa bastakorlik maktablarining muvaffaqiyatlari, shakl va janrlari bilan boyitgan, Ozarbayjon va umuman, Sharq musiqasining kelajak rivoj perspektivlarini, estetik prinsiplarini muayyanlashtirgan.

1938-yilda Moskvada oʻtkazilgan Ozarbayjon san’at dekadasida „Arshin molchi“, „Koʻroʻgʻli“ operalari katta qiziqish bilan kutib olinadi. Har ikki operani tomosha qilgan Stalin bastakorning ijodiga yuksak baho beradi. „Koʻroʻgʻli“ni vaqtida yaratilgan opera deb hisoblagan Stalin Üzeyir Hacıbəyovga „Bir emas, ikki shunday opera yaratish lozim“ deb maslahat beradi.

Stalinning koʻrsatmasi bilan Ozarbayjondan kelgan namoyanda hay’atining sharafiga ziyofat tashkil etiladi. Aytishlaricha, bu majlisda Üzeyir Hacıbəyovga yuqoridan, Stalin bilan Mirja’far Bagʻirovning yonidan joy koʻrsatishdi. Stalin Uzeyir bilan ancha suhbatlashadi va suhbat asnosida “Arshin molchi” operasini hali Gruziyada boʻlgan paytlarda tomosha qilganini bildiradi, „Arshin molchi“dan parchalar oʻqiydi.

Üzeyir Hacıbəyov hayotining soʻnggi yillarida “Feruza” operasi ustida ishladi. Bu bitmagan operadan faqatgina Feruza ariyasi qolgan.

Musiqali komediyalar



Üzeyir Hacıbəyov Ozarbayjon musiqasida keskin burilish yaratgan dohiy bastakordir. U XIX asr boshlarigacha ogʻzaki xalq musiqa san’ati shaklida mavjud boʻlgan Ozarbayjon milliy musiqasini Gʻarbiy Yevropa bastakorlik maktablarining muvaffaqiyatlari, shakl va janrlari bilan boyitgan, Ozarbayjon va umuman, Sharq musiqasining kelajak rivoj perspektivlarini, estetik prinsiplarini muayyanlashtirgan. Hajibeyov, shuningdek, buyuk musiqashunos olim edi. U zamonaviy Ozarbayjon ilmiy musiqashunosligining asosini qoʻygan, musiqaga doir koʻplab maqolalar yozgan, tadqiqotlar olib borgan.

Er va ayol



Asosiy maqola: Er va ayol

Musulmon sharqida ilk operetta ham Üzeyir Hacıbəyovning nomi bilan bogʻliq. Bastakorning ilk musiqali komediyasi uch pardadan iborat „Er va ayol“ dir. Bu asar Ozarbayjonda musiqali komediyaning ilk namunasidir. Asarning ilk tomoshasi 1910-yilda boʻlgan. Rollarda H. Sarobskiy (Marjonbey), E. Ogʻdomskiy (Minnat xonim) va boshqalari oʻynagan. Komediya matnini esa Üzeyir Hacıbəyovning oʻzi yozgan.

U boʻlmasin, bu boʻlsin



Asosiy maqola: U boʻlmasin, bu boʻlsin

1910-yilda Üzeyir Hacıbəyov „Er va ayol“dan soʻng ikkinchi operettasini yozadi. Ilk tomosha 1911-yil 25-aprelda (8-mayda) Bokuda, Mayilov aka-ukalar teatrida boʻldi. Asarning musiqiy partiyasi an’anaviy xalq ashula-raqs havolariga asoslangan original parodiya ustida qurilgan. „Uzundara“ lirik xalq raqsining biroz oʻzgartirilgan melodiyasidan foydalangan va Mashadi Ibdoning dastlabki xarakteristikasini beruvchi “Men qanchalar, qanchalar keksa boʻlsam ham” qoʻshigʻi bu besoʻnaqay, xunuk tujjorning ijrosida juda mubolagʻali eshitiladi. Asarning oxirgi pardasida takrorlanuvchi bu qoʻshiq Mashadi Ibodning ma’naviy magʻlubiyatini koʻrsatadi.

Keyinchalik „U boʻlmasin, bu boʻlsin“ musiqali komediya turli tillarga tarjima qilinib, Kavkaz oʻlkalarida, shuningdek, Turkiyada, Bolgariyada, Yamanda va boshqa mamlakatlarda tomoshaga qoʻyildi.

Arshin molchi



Asosiy maqola: Arshin molchi

Üzeyir Hacıbəyovning uchinchi va oxirgi musiqali komediyasi „Arshin molchi“ dir. „Arshin molchi“ musiqali komediyasida inqilobdan avvalgi Ozarbayjon maishati, xalq odat va an’analari oʻz aksini topgan. Hajibeyov 1911-yilda musiqiy tahsilini orttirish uchun Moskvaga borib, shu yili u yerda filarmonik jamiyatning musiqiy kurslarida, 1913-yilda esa Peterburg konservatoriyasida oʻqigan. Peterburg davri Hajibeyovning ijodida muhim rol oʻynagan, u „Arshin molchi“ musiqali komediyasini ana shu yerda yozgan. Üzeyir Hacıbəyov yozgan bu operetta 70 ga yaqin chet tillariga tarjima qilinib, 100 dan ortiq teatr sahnasida qoʻyildi. „Arshin molchi“ besh marta ekranlashtirilgan, necha marta grammafon valina yozilgan.

Musiqali komediyalar roʻyxati:

Instrumental joʻrligidagi xor asarlari




„Suvoriy marshi“. Xor va fortepiano uchun.
„Piyodalar marshi“. Xor va fortepiano uchun.

„Oʻlmas san’atkor Mirza Fatali Oxundov tavalludining 125 yilligiga bagʻishlab“. Xor va fortepiano uchun. Soʻzi H. Notiqqa tegishli.

"Ey Vatan". Xor va fortepiano uchun. Soʻzi Samad Vurgunga tegishli.

„Gʻalaba gimni“ („Zafar gimni“). Xor va simfonik orkestr uchun. Soʻzi Samad Vurgunga tegishli.
„Stalinga salom“. Xor va simfonik orkestr uchun. Soʻzi Sulaymon Rustamga tegishli.

Orkestr asarlari 1928—1933




Kamera–instrumental asarlari 1925—1945




Xoreografik miniaturalar (1919)




Romans-gʻazallar



Nizomiyning gʻazallari Üzeyir Hacıbəyov uchun yangi ilhom manbai boʻlgan. Nizomiy gʻazallarining chuqur ma’nosi bu gʻazallarga loyiq musiqa asarlari yaratishni talab qilardi. „Sensiz“, „Sevgili jonon“ kabi gʻazal durdonalariga loyiq musiqiy asarlar yaratgan buyuk san’atkorimiz Üzeyir Hacıbəyov boʻlgan. Nizomiydek dahoga Üzeyir Hacıbəyov musiqasining qoʻshilishi betakror romanslarning yaratilishiga sabab boʻldi.

Qoʻshiqlar




1933—1934

1942

Filmografiya




U haqida suratga olingan filmlar




Fanlar Akademiyasidagi faoliyati



SSSR Xalq Komissarlari Sovetining 1945-yil 23-yanvardagi qarori bilan SSSR FA Ozarbayjon filiali Ozarbayjon SSR FA ga aylandi. Oʻsha yili Ozarbayjon SSR FA ga 15 haqiqiy a’zolar saylandi. Uning ilk hay’atida U. Hajibeyov, S. Vurgun, M. Ibrohimov, Y.Mammadaliyev, M.Qoshgʻay, A.A.Grossheym, S.Dadashov, I.G.Yesman, M.Mirqosimov, Sh.Azizbeyov, A.Alizoda, M.Toʻpchiboshov, M.Husaynov, H.Husaynov va I.I.Shirokogorov biritildi. Ozarbayjon FA San’at instituti 1945-yilda buyuk Ozarbayjon bastakori, akademik Üzeyir Hacıbəyov tomonidan tashkil etildi va ilk davrlar Ozarbayjon San’at tarixi instituti deb nomlanardi. 1945-1948-yillarda bu instituti direktori Uzeyirbey boʻlgan.

Madaniyatda




Üzeyir Hacıbəyov Ozarbayjon musiqa madaniyati tarixida yangi yoʻnalish va milliy bastakorlik maktabining tamalini qoʻydi. Ozarbayjon musiqasi tarixida ilk opera, ilk musiqali komediya va bir qator boshqa janrlarda, ilk namunalarning asoschisi sifatida tanilgan dohiy bastakor, ilk ozarbayjon folklorchi-bastakor va Ozarbayjon musiqasining chuqurliklarini va yoʻnalishlarini izlab, yuzaga chiqargan asoslagan ilk ozarbayjon musiqashunos-olimdir. Üzeyir Hacıbəyov, shuningdek, adabiy-badiiy qadrini yoʻqotmagan maqolalari bilan tanilgan publitsist, felyetonchi va librettochi-dramaturgdir. Üzeyir Hacıbəyov taniqli muallim – ustoz va Ozarbayjonda buyuk musiqachi – jamiyatchi sifatida, Sharqda ilk musiqali teatr va ilk Konservatoriyaning yaratuvchisi siffatida Ozarbayjon xalqi tarixida va madaniyatida chuqur iz qoldirgan.

Üzeyir Hacıbəyov Ozarbayjon musiqasini chuqur tadqiq qilib, uning boy va koʻp qirrali ekanligini ilmiy maqolalarida koʻrsatgan. Boshqa tomondan Ozarbayjon musiqasiga manfiy ta’sir etishi mumkin boʻlgan yoʻnalishlardan va muvafaqqiyatsiz garmonizatsiya usullaridan foydalanmaslikni maslahat berardi..

Üzeyir Hacıbəyov 1921-yilda Bokuda ozarbayjon talabalar uchun ilk musiqa maktabini — Ozarbayjon davlat turk musiqa maktabini (keyinchalik texnikum) tashkil etdi. 1926-yilda Ozarbayjon davlat konservatoriyasida faoliyat koʻrsatgan Hajibeyov bu yerda nazariya, garmoniya, Ozarbayjon musiqasi asoslari fanlaridan dars bergan, konservatoriya qoshida ilk koʻp ovozli Ozarbayjon xor kollektivi yaratdi.

U 1927-yilda Muslim Magomayev bilan birga ilk „Ozarbayjon turk el nagʻmalari“ majmuasini nashr ettirdi. Üzeyir Hacıbəyov 1931-yilda Ozarbayjon radio qoʻmitasi qoshidagi ilk notali xalq cholgʻu asboblari orkestrini tashkil etdi.

Üzeyir Hacıbəyov tavalludining 100 yillik yubileyi katta tantana bilan oʻtkazildi. UNESCO ning taniqli shaxslar yubileylari va 1985-yilning muhim hodisalari taqvimiga asosan Üzeyir Hacıbəyov yubileyi xalqaro miqyosda nishonlandi.

1995-yil 1-sentabrda Üzeyir Hacıbəyov tavalludining 110 yilligiga bagʻishlab qaror qabul qilindi.

2010-yilda Ozarbayjonda va dunyoda Üzeyir Hacıbəyov tavalludining 125 yillik yubileyi tantanali ravishda nishonlandi. Bokuda 18-28-sentabr arafasida “Üzeyir Hacıbəyov-125” Xalqaro musiqa festivali oʻtkazildi.

Dohiy Ozarbayjon bastakori, professional musiqa asoschisi Üzeyir Hacıbəyov nomi qoʻyilgan yuk kemasi 1977-yilda Rossiyaning Ribinsk shahridagi Volodarskiy nomidagi kema ishlab chiqarish zavodida insho etildi.

Uzeyir musiqa kuni



Umummilliy lider Haydar Aliyev buyrugʻi bilan har yil 18-sentabr Uzeyir musiqa kuni sifatida nishonlana boshlandi. Ba’zi hollarda matbuot sahifalarida, ekran va efirda bu tarixiy „Milliy musiqa kuni“ sifatida nishonlashadi. Lekin buyruqqa asosan asl nomi shunday: „Uzeyir musiqa kuni“.

Üzeyir Hacıbəylı faxriy medali



2019 yil 18-yanvar kuni Ozarbayjon Respublikasi Birinchi vitse-prezidenti, Haydar Aliyev Aliyev fondining prezidenti Mehribon Aliyeva Ozarbayjon Bastakorlar ittifoqi tomonidan ta'sis etilgan „Uzeyir Hajibeyli“ faxriy medali bilan taqdirlandi.

Ozarbayjon Bastakorlar ittifoqi daho bastakori, zamonaviy ozarbayjon musiqasining asoschisi, taniqli musiqashunos, olim, publitsist, dramaturg, pedagog va jamoat arbobi Uzeyir Hojibeylining boy merosini saqlash va uzatishdagi bebaho hissasi uchun Mehribon Aliyevani birinchi faxriy medal bilan taqdirladi. nusxasini topshirishga qaror qildi.

Ta'kidlash joizki, birinchi mugam tanlovi 2005 yilda Ozarbayjon Respublikasi Birinchi vitse-prezidenti, Haydar Aliyev Fondining prezidenti Mehribon Aliyeva tashabbusi va rahnamoligida Uzeyir Hojibeyovning 120 yilligi munosabati bilan o'tkazilgan. 2008 yilda buyuk bastakorning hayoti va ijodiga bag'ishlangan „Uzeyir olami“ loyihasi nashr etildi. Kitobda „Hayot yilnomasi“, "Uzeyir Hojibeyov entsiklopediyasi", „Badiiy va jurnalistik asarlar“ kitoblari, „Leyli va Majnun“, „Koroğlu“ operalari va fortepiano, „O bo'lmasa, bu bo'lsin“, „Arshin mal alan“ musiqiy komediyalarining librettosi. va kompakt-disklar. Bundan tashqari, „2009“ yildan beri Uzeyir Hajibayli xalqaro musiqa festivali tashkil etilib, an'anaviy tarzda dunyoning ko'plab mamlakatlaridan taniqli musiqachilarni birlashtiradi.

2013 yilda Haydar Aliev fondining tashabbusi va ko'magi bilan 1945 yilda buyuk bastakor Üzeyir Hacıbəyov nomidagi operetta asosida „Oq va qora rangda“ deb nomlangan Ozarbayjon kinosining afsonasi bo'lgan „Arshin mal ala“n filmi qayta tiklandi.

Üzeyir Hacıbəyovung Shushadan olib kelingan bustu



Üzeyir Hacıbəyov, Xurshudbanu Natavan va Bulbulning büstlari qadimiy Ozarbayjonning Shushada o'rnatilib, Shushani bezatdilar. Ushbu büstlarning mualliflari Ozarbayjon xalq artisti Xanlar Ahmadov, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Namiq Dadashov va xizmat ko'rsatgan san'at xodimi Hayot Abdullayeva. Armaniston armiyasi Shushani bosib olganidan keyin o'lja sifatida Armaniston poytaxti Yerevanga olib ketildi. Keyin uni Gruziyaga metall sifatida sotdilar.Rasmga tushirilgan haykallar Ozarbayjonning sobiq Prezidenti, milliy lider Haydar Aliyevning aralashuvidan so'ng olingan va poytaxt Bokuga olib kelingan. Hozirgi vaqtda ular otilgan va shahid qilingan haykallar deb nomlanadi.

Fotogalereya




Oila arxividan fotosuratlar



Üzeyir Hacıbəyov turmush oʻrtogʻi Maleyka xonim bilan, 1910






Üzeyir Hacıbəyov oilasi bilan Shushada, 1910






Üzeyir Hacıbəyov oilasi bilan Shushada, 1915






Üzeyir Hacıbəyov (oʻngda) ukasi Jayhun Hajibeyli bilan.






Üzeyir Hacıbəyov rahbarligidagi Ozarbayjon orkestri, 1932






Partitura „Lezginka“






„Arshin molchi“ - qoʻlyozma, 1917-yil.





Shajara daraxti




Adabiyot




Eslatmalar




Manba




Havolalar




Tashqi malumot





uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz