Uyqudagi malika (film, 1959)




Uyqudagi malika (Sleeping Beauty) 16 toʻliq metrajli Disney animatsion filmidir. 1959-yilda ekranlarga chiqarilgan. Charles Perraultning shu nomdagi ertagiga asoslangan. Walt Disney Productions tomonidan ishlangan va Buena Vista Film Distribution tomonidan tarqatilgan.

Mazmuni



Qadim-qadim zamonda, Qirol Stefan va Qirolicha Leah yashagan. Ular uzoq kutgan farzandi Aurora ismli qizcha dunyoga kelganda, qirollikda yashovchi har bir odam chaqaloqni qutlay olishi uchun katta bayram uyushtirildi. Bazmga uchta pari: Flora, Fauna va Musaffo Havo parisi taklif qilinib, yomon sehrgar Malecifentʼni esa taklif etish unutilibdi. Bundan gʻazablangan sehrgar Auroraga jodu soladi, qizaloq oʻn olti yoshga toʻlgan kunida, u barmogʻiga urchuq sanchib oladi va abadiy uyquga ketadi. Jodu shunchalik kuchli ediki, oqkoʻngil parilar uni yoʻq qila olmadilar. Ammo ular malikani qutqarish yoʻlini topdilar: Malika goʻzal shahzodaning boʻsasidan keyin uygʻonar edi.

Ovoz berganlar




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz