Uyg'ur (tuman)





Uygʻur tumani  — viloyatning janubiy-sharqida joylashgan hudud. 1934-yili tashkil topgan. Maydoni 8,73 km. Aholisi 62,586 kishi (2013). Tuman markazi — Chunja qishlogʻi.

Aholisi



Tuman aholisi 2013-yilgi statistika boʻyicha 62,586 kishini tashkil qildi, aholi zichligi 1ga 7,2 kishidan toʻgʻri keladi. Tuman aholisining milliy tarkibini quyidagi jadvaldan koʻrishingiz mumkin (1-yanvar 2010-yil):

Geografiya




Tumanning koʻp qismi dala-dashtdan tashkil topgan. Tumanning eng baland choʻqqisi (Aspantau, 3652 m). Uning shimoliy hududida archa, qayin, tollardan tashkil topgan oʻrmon shakllangan. Qazilma boyliklaridan Koʻljat (Qaljat) tosh koʻmir koni, radioaktiv koni, Shoʻnji ohaktosh konlari mavjud. Shuningdek yer osti issiq suv koʻzlari ham (Alban-Arasan) bor. Tuman hududidan Ile, Sharin daryolari va Ketpen qoyasidan boshlanadigan Shoʻshanaysay, Oqsuv, v.h. kichik daryolar ham oqadi.

Iqlimi



Tumanning iqlimi keskin kontinental, qishi sovuq ayozli, yozi issiq. Yanvar oyining yillik oʻrtacha harorati −6-8 °C, iyulda 22-24 °C. Yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha miqdori — 250– 300 mm, togʻli hududlarida 400–500 mm.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz