Uyg'ur tilida o'zlashma qatlamiga oid tabobat atamalari




Zamonaviy uygʼur tili mavjud tashqi va ichki omillar taʼsiri ostida oʼz rivojlanish jarayonida qator surunkali evrilishlarni oʼz boshidan kechirmoqda. Shu oʼrinda Turkiy tillarining bosh boʼgʼinlaridan biri boʼlgan uygʼur tildi unda asrlar davomida bitilgan koʼplab bebaho badiiy ilmiy asarlarni oʼrganishda muammolar bilan yuzma yuz turibdi.Kelajak avlodlarga bu xazinalarni yetkazish va ulardan amaliy foydalanish yoʼllarini koʼrsatishda uygʼur tili va undagi til qonuniyatlarini oʼrgatish muhimdir,jumladan ingliz va xitoy tili orqali oʼzlashtirilayotgan lotincha hamda grekcha terminologiyalarni toʼgʼri tarjima qilish va anglash zaruriyati ustuvor ahamiyat kasb etmoqda.
Shu maʼnoda mavzuning dolzarbligi masalasi yaqqol koʼzga tashlanadi. Maqola internatsional terminologiyadan nafaqat tabobat sohasida balki ilm-fanning barcha jabhalarida unumli foydalanish lozim ekanligiga eʼtibor qaratadi.Mazkur maqolada uygʼur tabobatiga oid mabalarni tadqiq etish zarurati paydo boʼlmoqda.Garchi uygʼur tili bugungi kunda tashqi bosimlar ostida boʼlsa-da, u tilda yaratilgan ilmiy merosni oʼrganish va qayta ilmiy muomalaga kiritish bugungi davrning asosiy vazifalaridan boʼlib qolmoqda. “ Uygʼur tabobati xom dorilar ilmi ”entsiklopediyasida qariyb 600 ga yaqin oʼsimliklarning nomlari uygʼur tabobati atamalari sifatida keltirilgan boʼlib tadqiqot obʼekti sifatida hali toʼliq oʼrganilmagan.
Jahon tilshunosligi meʼyorlari asosida xalqaro atamalar sifatida qabul qilingan soʼzlar dunyodagi tillarga muqobil atamalar tarzida tarjima qilinib qoʼllanilib keladi.
Internatsionalizm – jahon tillarida mavjud boʼlgan umumiy tarkibiy element boʼlib, u tillar oʼrtasidagi genetik umumiylik va madaniy taʼsir natijasida jamlanadi.
Bu soʼzlar tillarning oʼzaro taʼsiri yoki tasodifiy tashqi shakl oʼxshashligi tufayli bir xil koʼrinishni kasb etgan soʼzlar boʼlib, turli tillarda baʼzan bir xil maʼnoni anglatadi.
Internatsional elementlar jamlanmasini internatsional leksika yoki interleksika deb ataladi.
Muayyan tildagi internatsional tarkib bu tildagi shu soʼzlarning miqdorini boshqa tillardagi interleksika miqdori bilan solishtirish orqali aniqlanadi.
Tillar orasidagi taʼsir omili asosan interleksikaning joriylanishi va rivojlanish jarayonida yaqqol koʼzga tashlanadi.Тилларга тарқалиш jihatidan muhim oʼrin egallashiga koʼra internatsional leksika tilshunoslikda alohida eʼtiborli ahamiyat kasb etadi.
Turli tillarda interleksika amaliyotining muhimligi muammosi tilshunoslar va tarjimonlar tomonidan bir oilaga tegishli qarindosh tillardagi shaklan bir-biriga oʼxshash soʼzlar “ayrim elementlarining soxta xususiyatlari mavjudligi”ni nazardan qochirib qoʼyishdadir. Bu kabi “Tarjimonning soxta doʼstlari” nafaqat boshlangʼich tajribaga ega boʼlgan tarjimonlarni, balki koʼp yillardan beri bu ish bilan shugʼullanib kelayotgan mutaxassislarni ham gohida chalgʼitib qoʼyuvchi jiddiy muammodir. Turli yillarda mazkur muammo tadqiqoti bilan koʼplab ilm soxiblari shugʼullanib kelishadi, ulardan V.V. Аkulenko, А.D. Shveytser, R.А. Budagov, L.I. Borisovalarni keltirib oʼtish mumkin. Olim I. А. Kolesnik internatsionalizmlarni quyidagi asosiy uch guruhga ajratadi:

1) Turli tillarda shaklan bir biriga toʼliq mos keluvchi soʼzlar;

2) Yozuvda bir- biridan biroz farq qiluvchi soʼzlar;

3) Yozuvda bir -biridan qatʼiy farq qiluvchi soʼzlar.”

Yuqoridagi fikrlar bir til oilasiga yoki bir til guruhiga kiruvchi tillarga tegishli boʼlib, bunday tillardan tashqari turli til oilalariga yoki til guruhlariga kiruvchi tillar ham mavjud. Turli til oilalariga tegishli tillarda yozuv grafikasi, fonetik oʼziga xosliklar, fonemik va morfemik xususiyatlar mavjud.
Gʼarb va Sharq sivilizatsiyalarining oʼzaro taʼsiri internatsional atamalarda tilshunoslik tamoyillari nuqtai nazaridan kuzatilganda bu taʼsirni namoyon etuvchi qator omillar borligi koʼrinadi.Ушбу мақолада ғарбий тиллар ва шарқий тиллар муносабатларида муҳим аҳамиятга ega boʼlgan obʼektiv va subʼektiv omillardan ayrimlariga toʼxtalib oʼtish maqsadi qoʼyildi.
Qadimgi sivilizatsiyalar ilm-fan yutuqlari boshqa madaniyat vakillari tomonidan xalqaro atamalar asosida qabul qilinadi.
“Tibbiyotga oid yangiliklar, kasalliklar, dorilarning nomi necha asrlar davomida lotin-yunon tilida berilgan va bundan keyin ham shunday boʼlib qoladi. Lotin tili xalqaro tibbiyot tili deb tan olingan. Bu esa tibbiy olimlarning hamkorlikda ishlashlariga yanada yordamlashadi.”
Lotin tilida qadimgi olimlar va tabiblar koʼplab asarlar yozishgan va ular tabobat va tibbiyot fanining rivoji uchun ahamiyatli sanaladi.

Tib ilmining tarixiga nazar tashlanar ekan, tabobat atamalarining aksariyat qismi lotincha va yunoncha soʼzlardan iborat ekanligining shohidi boʼlinadi.
Dunyo mamlakatlari Tibbiyot Oliy taʼlim tizimida tibbiyotga oid terminlarni mukammal bilish talabi asosiy ekanligi zarurligini yaqqol isbotlaydi. Sababi Galen, Diogen, Buqrot kabi qadimgi rim-yunon olimlarining asarlari lotin tilida bitilgan ekanligidir. Gʼarb tabobati atamalarining uygʼur tiliga oʼzlashishidagi oʼziga xosliklari. Sharq tabobatida alohida oʼrin tutgan uygʼur tabobati gʼarb tabobati ilgʼor tajribalarini oʼziga singdirish bilan birga mazkur sohadagi atamalarni ham uygʼur tiliga muvofiqlashtirdi. Dorivor oʼsimliklar, minerallar, shifobaxsh moddalarning uygʼurcha nomlari gʼarbiy atamalar bilan qiyoslandi. Bunda uygʼur tilining fonetik xususiyatlari birinchi oʼrinda eʼtiborga olindi. Lotincha, yunoncha nomlardagi oʼsha tillarga xos tovushlar uygʼur alifbosidagi muqobil tovushlarni ifodalovchi harflar yoki harflar birikmalari yordamida ifoda etildi.
Апсэнтийнئە پسە نتىن -Лот.Herba Artemisia absinthium
Асарун ئاسارۇن -Лот. Herba asarum Heteropoides
Банан بانان -Инг. Common banana Fruit
Гаструдия ўти گاسترودىيە ئوتى -Лот. Rhizoma Gastrodiae elata
Дипсакус دىپساكۇس -Лот. Radix Dipsacus asper
Жинтияна جىنتىيانا - Лoт. Radix Gentiana scabra
Зэнживил زە نجىۋىل - Лот. Rhizoma Zingiberi officinale
Какинэч كاكىنەچ - Лот. Fructos Physalis alkekengi
Кэбабэ كە بابە - Лот. Fructus Piper cubeba
Кэпа كە پە -Лот. Fructus capparis spinosa
Лимон لىمون– Лот. Fructus Citrus Limon
Магнулия ماگنوليا -Лот. Cortex Magnolia officinalis
Мастики румий مە ستىكى رۇمى -Лот. Mastiche Pistacia Lentisus
Муқал موقە ل– Лот. Commiphara Mukul
Нилупар уруқи نيلۇپە ر ئۇرۇقى -Лот. Semen Nelumbo nucefera
Пистэ мэғизи پىستە ميغىزى -Лот. Semen Pistacia vera Пўйрария илтизиپويرارىيە ييلتىزى -Лот. Radix Pueraria psead
Сисалиус سيساليۇس -Лот. Ferulla SinKiang ensis
Уйгуммия қувзуқи ئيگوممىيە قوۋزىقى - Лот. Сortex Eucommia ulmoides Ушнэ ئۇشنە -Лот. Usnea diffracta,
Чалмугра яғи چالموگرا ييغى -Инг. Oil Chaulmoogra tree seed
Эгирئىگىر –Acorus;
Чўнг япурмақли жинтияна چوڭ يوپورماقلى جىنتىيانا - Лот. Radix Gentiana walujewii,
Ушнэ ئۇشنە –Usnea,
Уйгуммия қувзуқи ئيگوممىيە قوۋزىقى Лот. Сortex Eucommia ulmoides. Keltirilgan tabobat atamalaridan koʼrinadiki, lotincha va uygʼurcha soʼzlarda undosh tovushlar asosiy rol oʼynaydi, ular soʼzning mazmunini aniqlashda muhim sanaladi. Lotin tilidagi jarangli undoshlarni uygʼur tilidagi muqobillari bilan toʼldirishda uygʼur tilidagi undoshlar ishtirok etadi, biroq soʼzlardagi jaranglilarning jarangsizlanishi kabi holatlar sodir boʼladi, masalan:
Зэфиран - Saffron bunda Z tovushi S tovushiga almashgan, Какинэч – Аlkekengi Bunda Ch tovushi J tovushiga aylangan,
Кафур - Лот.Camphora bunda lotinchadagi M harfi tushirib qoldirilgan,
Кэбабэ - Сubeba Bu atamalarda tarkibidagi E tovushi U tovushiga almashgan,
Магнулия -Magnolia bu atamalar tarkibidagi lotincha O tovushi uygʼurcha Oʼ tovushiga oʼzgarib talaffuz etilganligi aniqlandi.
Мастики -Mastiche soʼzlarining oxirgi undoshlari oʼzaro til xususiyatlari asosida almashganligi aniqlandi. Муқал – Mukul soʼzlaridagi uygʼurcha Q harfi lotincha K tovushi bilan almashganligi aniqlandi.
Нилупэр – Nimphaea asli eron tilidagi Nilufar soʼzi lotin tili fonetik oʼziga xosligi taʼsirida yuqoridagi oʼzgarishga uchraganligi aniqlandi. Nelumbo shakli ham aniqlandi.
Нэргис - Narcissus bu soʼzlarda esa lotincha shaklidagi soʼnggi boʼgʼin qoʼllanilmay ketganligi aniqlandi.
Пистэ - Pistacia bu soʼzlarda ham lotincha shakldagi ot yasovchi qoʼshimcha tushib ketganligi aniqlandi.Пўйрария - Pueraria
Сана- Senna Bu atamalardagi juft undoshlar uygʼur tilida toq undoshga aylanib talaffuz etilishi aniqlandi.
Суқмуния- Scammonia bu atamalarda undoshlar oʼrin almashinishi va soddalashtirilishi kuzatiladi.
Тэмриҳиндий- Tamarindus atamalarida arab tilidagi tamri xindiy moslashgan aniqlovchi birikmasi lotin tiliga grammatik qoidalarga binoan oʼzgarib kirib borganligi aniqlandi.
Турбут- Turpethum bu soʼzlarda esa lotincha jarangsiz P tovushi uygʼurcha jarangli B tovushiga oʼrin almashganligi aniqlandi.
Уйгуммия - Eucommia bu soʼzlarda esa lotincha jarangsiz P tovushi uygʼurcha jarangli B tovushiga oʼrin almashganligi aniqlandi.
Ушнэ- Usnea лотинча S harfi uygʼur tiliga Sh tovushi orqali ifodalanganligi aniqlandi.
Чалмугра - Chaulmoogra lotincha (au) diftongi a tovushi orqali hamda qoʼsh OO ning Oʼ harfi bilan ifodalanganligi aniqlandi.
Internatsional atamalar tarjimasida eʼtiborli jihatlar. Tabobat atamalari tarjimasida eʼtiborli jihatlar quyidagilardan iborat deyish mumkin:

1) Lotin tilidagi soʼz va soʼz birikmalari tarkibidagi soʼz yasovchi va soʼz oʼzgartiruvchi qoʼshimchalarni maʼno anglatuvchi morfemalardan ajrata bilish koʼnikmasini rivojlantirish;

2) Lotin tilidagi yoki grek tilidagi fonetik o‘ziga xosliklarni ifodalashda qo‘llanilgan diftonglarni uyg‘ur tilidagi undoshlar orqali ifodalashda e'tiborli bo‘lish;

3) Lotin yoki grek tillaridagi toq unlilar yoki diftonglarni uyg‘ur tilidagi unlilar yoki diftonglarga muqobil ravishda moslashtirish;

4) Lotin tilidagi jarangli va jarangsiz undoshlarning so‘zlarda
assimilyasiyalanishi hodisasini nazarda tutish;

) Jarangli tovushlarning jarangsizlanishi, jarangsiz tovushlarning esa uyg‘urcha jarangli tovushlarga o‘zgarib muvofiqlashuvini to‘g‘ri qo‘llash;

6) Jarangli tovushlarning jarangsizlanishi, jarangsiz tovushlarning esa uyg‘urcha jarangli tovushlarga o‘zgarib muvofiqlashuvini to‘g‘ri qo‘llash;

7) Internasional so‘zlarga so‘z yasovchi va so‘z o‘zgartiruvchi
qo‘shimchalarni biriktirishda ma'no anglatuvchi bo‘g‘inlarni tushirib qoldirmaslik;

8) Uyg‘ur tilida muqobili mavjud bo‘lgan so‘z va atamalarning internasional variantidan unumli va o‘rinli foydalanish.

Xulosa

Bugungi jahon uygʼurshunosligida bir talay dolzarb muammolar mavjud boʼlib, internatsional terminologiya shulardan biri sifatida qaralishi mumkin. Zero fan texnika taraqqiyotida jahon tillarining obroʼsi soyasida milliy tillar oʼz rivojlanishida oqsamoqda. Аslida qadimiy anʼanaviy tabobat atamalarining bebaholigini nazardan qochirmaslik kerak.
Interleksika terminining ahamiyati, tarjima jarayonida qoʼllanilish oʼrinlari borasida metodik koʼsatmalar berildi. Ish davomida gʼarb tillaridagi interleksika haqidagi jahon ilmiy nazariy qarashlariga tayanildi.

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz