Uyg`unlashgan Himoya Usuli
Integral himoya usuli , uygʻunlashgan himoya usuli (oʻsimliklar himoyasida) — oʻsimliklarni zararkunanda va kasalliklardan, shuningdek, begona oʻtlardan himoya qilishning tabaqalashgan tizimini yaratishda turli usullar (agrotexnik, mexanik, fizik, biologik, kimyoviy va b.) majmui; I. h. u.ning asosiy sharti — dala agrobiotsenozining tabiiy tarkibini saqlashdan iborat. I. h. u.ning asosiy vazifasi ishlov berish vositalari, usullari, muddatlarini zararkunanda hasharotlar va kasallik qoʻzgʻatuvchilarni koʻplab yoʻqotadigan, shu bilan birga ularning kushandalari — entomofaglarta zarar yetkazmaydiganlarini tanlashdan hamda odam, is-siqqonli hayvonlar, asalari, ipak kurti va b.ni pestitsidlarning zaharli taʼsiridan himoya qilish choralarini izlab topishdan iborat. Hoz. zamon tushunchasiga koʻra, I. h. u. — maʼlum agrobiotsenoz doirasida ichki va populyasiyalararo munosabatlarni boshqaruvchi sistemadir. Agrotsenozda pes-titsidlar va gerbitsidlarni notoʻgʻri qoʻllash tufayli roʻy bergan buzilishlar I. h. u. qoʻllashni taqozo etadi. Oʻsimlikka kimyoviy ishlov berish hosilni saqlab qolishda katta ahamiyatga ega, biroq kimyoviy vositalar odam sogʻli-gʻiga, uy va ovlanadigan hayvonlar, asalari, ipak kurti, shuningdek, ento-mofaglar uchun juda xavflidir.
I. h. u.ni tatbiq qilish epifitotiyaning oldini oladi. Bunga agrotexnik, biologik, kimyoviy va mexanik qarshi kurash usullarini almashlab va oʻrnioʻrni bilan qoʻllash natijasida erishiladi. Entomofaglarni saqlab qolish va zararkunandalar sonini xoʻjalikka ziyoni sezilmaydigan darajada ushlab turishni taʼminlaydigan eng zarur tadbirlardan biri — zararkunandalar sonining zarar keltirishi mumkin boʻlgan iqtisodiy chegara hisoblarini i. ch.ga tatbiq qilishdir. Buning uchun ekin maydonlari tekshiruvdan oʻtkaziladi va qarshi kurashishga sarflangan vosita hamda mehnatning qoplanishi uchun zararkunandaning qanday miqsorda boʻlishi kerakligi aniqlanadi. Shuningdek, oʻsimlikning yaxshi rivojlanishini taʼminlaydigan va ularning zararkunandalarga nisbatan chidamliligini oshiradigan agrotexnik ximoya tadbirlari sifatini yaxshilab, kimyoviy kurash sonini kamaytirish mumkin. Kimyoviy preparatlarni mikrobi-ologik preparatlar (entobakterin, dendrobatsillin) bilan almashtirish, maʼlum bir oʻchoqlarda ishlov olib borish, qishloq xoʻjaligi ekinlarining zararkunanda hamda kasalliklarga chidamli navlarini ekish ham katta ahamiyatga ega (qarang Biologik himoya usuli).
Adabiyot
Manbalar
uz.wikipedia.org