Uyg'onish davri (Fabergé tuxumi)




Uygʻonish davri tuxumi — 1894-yilda rus zargari Peter Karl Fabergé rahbarligida Mixail Perxin tomonidan yasalgan gavharli agatli Pasxa tuxumi. Uygʻonish davri tuxumi Fabergé ustaxonasida Rossiya imperatori Aleksandr III uchun maxsus buyurtma asosida tayyorlangan. Uygʻonish davri tuxumini Aleksandr III Pasxa kuni (Masihning tirilishini nishonlash kuni) da rafiqasi qirolicha Mariya Feodorovnaga sovgʻa qilgan.

Uygʻonish davri tuxumi Aleksandr III tomonidan Mariya Feodorovnaga sovgʻa qilingan oxirgi Fabergé tuxumi edi.

Oʻziga xos xususiyati




Uygʻonish davri tuxumi ichidagi sovgʻa yoʻqolgan, ammo bu sovgʻa marvarid boʻlgan deb taxmin qilinadi. Uygʻonish davri tuxumi haqidagi Christopher Forbes tomonidan ilgari surilgan yana bir nazariya mavjud.Bu nazariyada Christopher Forbes Uygʻonish davri tuxumi qobigʻining egriligiga juda mos keladigan va taglikdagi emalda oʻxshash bezaklarga ega boʻlgan Tirilish tuxumi bilan aslida bitta tuxumligi aytiladi. Tirilish tuxumi 1902-yilda Uygʻonish davr i tuxumi kabi koʻrgazmada ham namoyish etilgan. Tirilish tuxumining inventar raqami yoʻq, bu esa Christopher Forbes nazariyasi foydasiga hal boʻlishiga bir asos hisoblanadi.

Tarixi



Aleksandr III Uygʻonish davri tuxumi uchun 4750 rubl miqdorida pul sarflagan. Uygʻonish davri tuxumi 1917-yilda Rossiya Muvaqqat hukumati tomonidan musodara qilingan. Bu tuxum boshqa toʻqqizta tuxum bilan birga Armand Hammerga 1500 rublga sotilgan.1937-yilda Hammer Uygʻonish davri tuxumini sotish uchun eʼlon bergan va Uygʻonish davri tuxumi Henry Talbot DeVere Cliftonga sotilgan. Tuxum keyinchalik, 1949-yil noyabr oyida Jek va Belle Linskiyga sotilgan. Fabergé kolleksiyasini Metropoliten muzeyiga berishga urinib koʻrgan Linskiylar rad etildi, chunki muzey „Eduard dekorativ trivia“ ga qiziqmasligini aytdi.Shundan soʻng, tuxum Manhattan antiqa buyumlar sotuvchilari A La Vieille Russiega sotilgan va u yerdan 1965-yil 15-mayda oʻz kolleksiyasi uchun Malcolm Forbes tomonidan sotib olingan.Forbes kolleksiyasi 2004-yilda rossiyalik oligarx Viktor Vekselbergga sotilgan. Vekselberg toʻqqizta imperator tuxumini deyarli 100 million dollarga sotib olgan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz