Uydan majburiy tartibda ko‘chirish




Barcha fuqarolar turar joy daxlsizligi huquqiga ega boʻlib, ushbu huquqqa daxl qilgan shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortilishiga asos boʻladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 44-moddasiga ko‘ra, har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi. Fuqarolik protsessual kodeksining 3-moddasida esa har bir shaxsga o‘z huquqlarini, erkinliklarini va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilish kafolatlangan. Shunday ekan, har qanday manfaatdor shaxs buzilgan, nizolashyotgan huquqi yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatini himoya qilish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga murojaat qilishga haqlidir.

Daʼvo soʻzi arabchdan „talab qilmoq“ maʼnosini anglatib, shariatda esa daʼvo birovning ustida haqi borligini qozi huzurida yoki hukm arafasida xabar berishdir. Daʼvogar shunday bir shaxski, daʼvo qilish uchun majbur qilinmaydi. Javobgar shunday bir shaxski, u javob berish uchun majbur qilinadi. Yuridik adabiyotlardagi bahsli masalalardan aynan biri ham bu daʼvodir. Adabiyotlarda daʼvo tushunchasining bir nechta asosiy kontsepsiyalari haqida so‘z boradi. Birinchidan, daʼvoga bo‘lgan huquqning moddiy huquqiy va protsessual huquqiy mazmuni ajratiladi. Ikkichidan, bir qator mualliflar A.F.Kleynman, A.A.Dobro-volskiy va boshqalar daʼvoni ikki tomon, yaʼni moddiy huquqiy va protsessual huquqiy tomondan iborat bo‘lgan yagona tushuncha sifatida eʼtirof etadilar. K.S.Yudelson, V.M.Semenov va K.I.Komissarov daʼvoni fuqarolik protsessual huquqining toifasi sifatida eʼtirof etadi. Daʼvo fuqarolik protsessual huquqiga oid tushuncha va institut hisoblanadi, shuning uchun u bir vaqtning o‘zida ham moddiy, ham protsessual huquqning instituti bo‘la olmaydi.

Daʼvo tartibidagi ishlardan farqli ravishda sud ishlarini yuritishning boshqa turlarida ishtirok etuvchi shaxslar o‘zaro kelishuv bitimi tuzish, qarshi daʼvo taqdim etish huquqidan foydalana olmaydilar.Shuningdek, mazkur ishlar hakamlik sudi muhokamasiga berilishi mumkin emas, kelishilgan sudlovga taalluqlilik qoidalari qo‘llanilmaydi, daʼvodan voz kechish va uni tan olish kabi protsessual harakatlarga yo‘l qo‘yilmaydi, ish sirtdan ko‘rilishi ham mumkin emas. Uy-joy nizolari daʼvo tartibida koʻriladigan ishlar boʻlgani uchun ularning barchasida daʼvogar va javobgar ishtirok etadi. Fuqarolar ham, yuridik shaxslar ham uy-joy munosabatlarining subyekti boʻlib hisoblanadi. FPK ga muvofiq ishda ishtirok etuvchi shaxslarning yangi dalillarni talab qilib olish va ishni muhokama qilish bilan bog‘liq boshqa barcha masalalar bo‘yicha iltimosnomalari ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning fikr-mulohazalari eshitilganidan keyin sudning ajrimi bilan hal qilinadi.

Ishni koʻrishda prokuror ishtiroki



Konstitutsiyaning 118-moddasiga koʻra O‘zbekiston Respublikasida prokuratura O‘zbekiston Respublikasi hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradigan, davlatning mustaqil organi hisoblanadi. „Prokuratura to‘g‘risida“gi Qonunga muvofiq, prokuratura organlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri sudlarda fuqarolik ishlarini ko‘rishda ishtirok etish, qonunlarga zid bo‘lgan sud hujjatlariga protest keltirish hisoblanadi[3]. Prokuror uy-joy nizolarini koʻrishda ishni qoʻzgʻatish yoki boshlangan protsessda fikr berish yoʻli bilan ishtirok etishi, boshqa shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilib sudga ariza berishi mumkin. Uy-joy toʻgʻrisidagi ishlar bilan boʻliq masalalarda prokurorning ishtirok etishi protsessning va ish boʻyicha chiqariladigan hal qiluv qarori adolatli boʻlishini taʼminlashga qaratilgani uchun ham juda ahamiyatli boʻlib, buning huquqiy asosi sifatida prokurorning fuqarolik sud ishlarini yuritishda ishtirok etishi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi, Oila kodeksi hamda Bosh prokurorining 2015 yil 17-noyabrdagi „Sudlarda fuqarolik ishlarining koʻrilishida prokuror ishtirokining samaradorligini yanada oshirish toʻgʻrisida“gi 124-sonli buyrugʻiga asosan quyidagi fuqarolik ishlarini koʻrilishida prokuror ishtiroki majburiydir:

Uydan koʻchirish asoslari




Oshkoralik



Sud muhokamasining oshkoralik prinsipi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 113-moddasi, Fuqarolik protsessual kodeksining 12-moddasi, „Sudlar to‘g‘risida“gi Qonunning 7-moddasida mustahkamlangan. Unga ko‘ra, barcha sudlarda ishlar muhokamasi oshkora o‘tkaziladi. Davlat siriga, farzandlikka olish siriga taalluqli maʼlumotlar mavjud bo‘lgan ishlar bo‘yicha va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ishning muhokamasi yopiq sud majlisida o‘tkaziladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi maʼlumotlar oshkor bo‘lishini oldini olish, yozishmalar sirini va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni saqlash maqsadida yopiq sud muhokamasi o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yiladi. „Davlat sirlarini saqlash toʻgʻrisida“gi, „Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida“gi qonunlari, shuningdek Konstitutsiyamizning 17-moddasiga koʻra, FPKning 234-moddasida fuqarolarning yozishmalari, telegraf xabarlari va boshqa xabarlar sir saqlash maqsadida ularning shaxsiy yozishmalari, telegraf xabarlari va boshqa xabarlari shu yozishma, telegraf xabarlari va boshqa xabarlarni o‘zaro almashgan shaxslarning roziligi boʻlmasa yopiq sud majlisida o‘qib eshittiriladi hamda tekshiriladi. Shuningdek, Oila kodeksining „Farzandlikka olishni sir saqlash“ deb nomlangan 153-moddasi, shuningdek xalqaro manba sifatida „Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida“gi xalqaro paktning 14-moddalari ushbu ijtimoiy munosabat bilan bogʻliq harakatlarni tartibga soladi. Ish muhokamasi to‘liq yoki qisman yopiq sud majlisida o‘tkazilishiga faqat qonunda nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi. Ish muhokamasini yopiq sud majlisida o‘tkazish haqidagi ajrim eʼlon qilinganidan so‘ng protsess ishtirokchilari bo‘lmagan shaxslar, ommaviy axborot vositalari vakillari sud majlisi zalidan chetlashtirilib va bu sud majlisi bayonnomasida qayd etiladi. Yopiq sud majlisi o‘tkazilganda ishni elektron tarzda shakllantirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Protsess ishtirokchisining iltimosnomasiga binoan, sud shaxsiy hayot daxlsizligini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan maʼlumotlar sir saqlanishini taʼminlash maqsadida fuqarolik ishini, shuningdek, maʼmuriy huquqiy munosabatlardan kelib chiqqan ishni yopiq sud majlisida ko‘rib chiqishga haqli. Sud muhokamasini yopiq sud majlisida o‘tkazilishi to‘g‘risidagi iltimosnoma nafaqat o‘z shaxsiy manfaatlari borasida iltimosnoma kiritayotgan shaxs va (yoki) uning vakili tomonidan, balki boshqa shaxslar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish vakolati berilgan shaxslar (masalan, prokuror, vasiylik va homiylik organi va h.k.) tomonidan ham berilishi mumkin. Ish natijasi bo‘yicha chiqariladigan qaror besh kundan so‘ng taraflarga berilishini maʼlum qilgan. Oʻzbekiston qonunchiligiga koʻra, yopiq sud majlislarini o‘tkazishda qonuniylikni taʼminlash maqsadida ish sudlov ishlari yuritishning barcha qoidalariga rioya qilingan holda ko‘riladi. Ish sudning yopiq majlisida ko‘rilishidan qatʼi nazar ish yuzasidan sudning hal qiluv qarori barcha hollarda oshkora eʼlon qilinishi shart sanaladi. Sudning hal qiluv qarori ishning sud muhokamasi tugaganidan keyin darhol qabul qilinishi va alohida hollarda, o‘ta murakkab ishlar yuzasidangina asoslantirilgan hal qiluv qarorini tayyorlash ko‘pi bilan besh kunga kechiktirilishi mumkinligi, ammo shunda ham hal qiluv qarorining xulosa qismini sud ishning muhokamasi tugallangan majlisning o‘zidayoq eʼlon qilishi, sud ishda ishtirok etuvchi shaxslar asoslantirilgan hal qiluv qarori bilan qachon tanishib chiqishi mumkinligini eʼlon qilinadi. Hal qiluv qarori chiqqanidan soʻng 10 kun ichida apellatsiya instansiyasiga, yoki apellatsiya instansiyasining ajrimi chiqqanidan soʻng 1 yil ichida kassatsiya instansiyasiga shikoyat qilishi mumkin. Sudning hal qiluv qarori, agar uning ustidan shikoyat qilinmagan boʻlsa, apellatsiya shikoyati berish muddati oʻtganidan keyin qonuniy kuchga kiradi. Hal qiluv qarori ustidan apellatsiya shikoyati berilgan taqdirda, hal qiluv qarori, agar u bekor qilinmagan boʻlsa, ishni apellatsiya instansiyasi sudi koʻrib chiqqanidan keyin qonuniy kuchga kiradi. Bu borada professor M.K.Treushnikov „Prinsiplardan birining buzilishi boshqa prinsipning ham buzilishiga olib keladi“ deya soʻz yuritgan. Oshkoralik prinsipining qonuniy istisno holati buzilishi ayni paytda sudning faqat qonunga boʻysunishi prinsipini ham cheklaydi.

Manbalar




Havolalar



Da'vo arizasi (Wayback Machine saytida 2021-10-26 sanasida arxivlangan)

Uy-joy huquqi

Yakkasaroyda xarobada qolgan uy masalasi yuzasidan hokimiyat o‘z munosabatini bildirdi

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz