Uy o'simliklari




Uy oʻsimliklari , xona oʻsimliklari — uylarda va jamoat xonalarida oʻstiriladigan oʻsimliklar. Tabiiy holda Yer sharining tropiklar va subtropik mintaqalarida oʻsadigan oʻsimliklar uy sharoitida oʻstiriladi.
Uy oʻsimliklari 2 guruhga: chiroyli gullaydigan oʻsimliklar va manzarali-bargli (barglari har xil koʻrinishdagi) oʻsimliklarga boʻlinadi. Oʻzbekistonda aloe, amarillis, begoniya, gulisumbul, kaktus, uy limoni, atirgul, uzambar gunafshasi, xitoy atirguli, finik palmasi, fuksiya va boshqalar koʻproq oʻstiriladi.
Uy oʻsimliklari kompostli, sof tuproq, chimli tuproq aralashmasi toʻldirilgan yogʻoch, plastmassa, shisha, sopol tuvak va boshqa moslamalarda deraza tokchasida yoki deraza yonida oʻstiriladi. Ularni sugʻorib turish, yoz oylarida mineral oʻgʻitlar eritmasi bilan (10 litr suvga superfosfat, amiakli selitra, kaliy oʻgʻiti 1, 2,5, 0,5 choy qoshiq nisbatida) oziqlantirish, barglarini yuvib turish zarur. Uy oʻsimliklari xonaning yuqori haroratiga (20—25°) chidamli. Ularning yaxshi oʻsishi uchun havo namligi yuqori boʻlishi kerak. Uy oʻsimliklarining subtropik turlari (sambitgul va boshqalar) esa qishda harorat 10—12° da yaxshi usadi. Uy oʻsimliklarining baʼzi turlari (masalan,anjir, limon, mandarin, garmdori) mevasi uchun ham oʻstiriladi. Yaponiyada qadimdan xonalarda qaragʻay, tilogʻoch, eman, olxoʻri, olcha kabi pakana daraxtlar oʻstiriladi. Ularning oʻsishini maxsus usullar bilan sekinlashtirish natijasida pakana oʻsimliklar hosil boʻlgan.

Uy oʻsimliklari urugʻidan yoki qalamchasidan, tuganaklari, piyozi, ildiz bachkasidan koʻpaytiriladi. Asosiy zararkunandalari: oqqanotlar, yomgʻir chuvalchangi, qizil kanacha; oranjereya tripsi, shira, oqqurt. Kasalliklari: kul, xloroz va boshqalar

uz.wikipedia.org

Sun'iy intellekt javobi:

Uy o‘simliklari — uy sharoitida parvarish qilinadigan va bezak sifatida foydalaniladigan o‘simliklardir. Ular nafaqat xona muhitini bezatadi, balki havoni tozalaydi, kislorod miqdorini oshiradi hamda inson salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Uy o‘simliklarining afzalliklari:

  1. Havoni tozalash: Ba’zi o‘simliklar xonadagi zararli gazlarni so‘rib oladi, masalan, formaldegid va benzol singari toksik moddalarni kamaytiradi.
  2. Namlikni oshirish: O‘simliklar atrof-muhitga namlik chiqaradi, bu ayniqsa quruq iqlimda foydali.
  3. Stressni kamaytirish: O‘simlik bilan shug‘ullanish va ularni ko‘rish ruhiy holatni yaxshilaydi, stressni kamaytiradi.
  4. Estetik qimmat: Uyga yoqimli va tabiiy ko‘rinish beradi.

Mashhur uy o‘simliklari turlari:

Uy o‘simliklarini qanday parvarish qilish kerak?

Uy o‘simliklari uy hayotini yanada chiroyli va sog‘lom qiladi, shuning uchun ularni parvarish qilishga vaqt ajratish foydali bo‘ladi. Agar qo‘shimcha ma’lumot yoki aniq o‘simlik haqida bilmoqchi bo‘lsangiz, so‘rashingiz mumkin!



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz