Uxuanlar
Uxuanlar — qadimda Mongoliyaning sharqida yashagan va xitoy manbalarida Dun xu deb atalgan xalqning bir kismi. Mil. av. 3-asrning boshlarida hundar U.ni oʻziga boʻysundirib Uxun togʻi yon bagʻriga koʻchirtirganlar. Shundan boshlab ular uxuan deb atala boshlagan. Mil. av. 119 yil Xan imperiyasi qoʻshinlari hunlar bilan urushganda, xitoylar hunlarga qarshi kurashda ulardan foydalanish uchun U.ni sharq tomonga koʻchishga majbur qilganlar. Mil. av. 1-asrning boshlarida U. kuchayib nafaqat Xan hukmdorlariga, balki hunlarga ham qarshi harakat qilgan. Ammo hunlar ular ustidan gʻalaba qilib, qaytadan oʻz fuqaroligiga oʻtkazgan. Shundan keyingi 2—3-asrlar davomida U. goh xunlar, goh xitoylar taʼsirida boʻlib turgan. Mil. 207 yil Vey hokimligi hukmdori Sao Sao U.ni tormor keltirib, 200 ming nafar kishini asirga olgan. 10 ming oilani esa, Xitoyning markaziy tekisligiga koʻchiradi, qolgan qismini Manjuriyada qoldiradi. Shundan keyin, U. asta sekin mahalliy xalq bilan aralashib, mustaqil xalq sifatida tarix sahnasidan yoʻqolib ketgan.
uz.wikipedia.org