Uxan
Uxan — Xitoyning sharqiy qismidagi shahar, Xanshuy daryosining Yanszi daryosiga quyilish yerida. Xubey provinsiyasining maʼmuriy markazi. Markaziy Xitoydagi eng aholi zich shahar. Aholisi 7,3 mln. kishi (1998, shahar atrofi bn). Transport yoʻllarining muhim chorrahasi. Daryo porti (dengiz kemalari ham kira oladi). Mamlakatning yirik sanoat markazi. Sanoatining yetakchi tarmogʻi — qora metallurgiya. Stanoksozlik, energetika, transport, radioelektronika va boshqa sanoat korxonalari faoliyat koʻrsatadi. Xitoy Fanlar akademiyasi filiali, universitet, ilmiy tadqiqot institutlari bor. Shahar 1953-yilda Xankou, Xanyan va Uchan sh.larining birlashuvidan vujudga kelgan. Hozirgi U. oʻrnidagi qishloqlar mil. av. 1-ming yillikdan mavjud boʻlgan. Meʼmoriy yodgorliklardan 7 yarusli Baota pagodasi (13-asr) saqlangan. Daryolar chetiga U.ni suv toshqinidan himoya qilish maqsadida dambalar qurilgan.
Uxan (xito. 武汉/武漢) — Xitoyning Xunbey viloyati markazi, eng aholisi zich shaharlardan biri. Yanza va Xanʼshuy daryolari kesishgan joyda barpo etilgan. Aholisi 9 100 000 kishi (2006).
Uxanda Xitoy Bosh vazir oʻrinbosari U I xonim tavallud topgan.
Geografiyasi
Tarixi
Transport tizimi
Manbalar
uz.wikipedia.org