UVAROVIT



UVAROVIT — granatlar guruhiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi Ca3Cr,[Si04]3. Kub singoniyada kristallanadi. Ko’k Zumrad rangli, shishasimon, kuchli yaltiraydi. Qattiqligi 6,5—7, zichligi 3,5—3,7 g/sm3. Pnevmotolit- gidrotermal genezisga ega. Xromit (o’ta asosli jinslarda) rudalarining yoriqlarida mayda kristallar shaklida uchraydi. Uvarovit AQSh, Kanada, JAR, Polsha, Rossiya Federatsiyasi (Ural) va boshqa joylarda topilgan. Finlyandiyadagi Outokumpu konida 1,5 santimetrgacha bulgan kristallari mavjud. Uvarovit — zargarlik toshi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz