Uwu




uwu , shuningdek, UwU sifatida stiliz qilingan, yoqimli yuzni ifodalovchi emotikondir. Ushbu emotikondagi U belgilari yopiq koʻzlarni, w esa ogʻizni ifodalaydi. Belgi iliqlik, quvonch yoki mehr his-tuygʻularini ifodalash uchun ishlatiladi.

Foydalanilishi va variantlari



uwu koʻpincha yoqimtoylik, baxtlilik yoki noziklikni bildirish uchun ishlatiladi. Shuningdek, emotikonning haddan tashqari koʻp ishlatilishi uni qabul qiluvchini bezovta qilishi mumkin. Bu emotikon furry fandom orasida mashhur boʻlgan.

uwu emotikonining hayratlanishni ifodalovchi varianti ham mavjud va u owo (yoki OwO) shaklidadir, shuningdek owo emotikoni qiziqqonlik va hayajonni anglatishi mumkin. owo 2016-yilda paydo boʻlgan va 2018-yilda mashhurlikka erishgan; uwu dan farqli oʻlaroq, o belgilar ochiq koʻzlarni ifodalaydi. Baʼzan trolling uchun ham ishlatiladi.

Tarixi



uwu 2005-yilda anime fanfiksida paydo boʻlgan. 2014-yilga kelib, ushbu emotikon internet boʻylab Tumblr vebsaytida tarqalib, Internet submadaniyatiga aylangan.

Uwu soʻzi Ispaniya Qirollik Akademiyasining soʻz observatoriyasiga kiritilgan, „baxt yoki muloyimlikni namoyon qilish uchun ishlatiladigan kulgi“ sifatida taʼriflangan.

Diqqatga sazovorligi



2018-yilda Tvitterning rasmiy akkaunti bir rassomning tvitiga javoban „uwu“ deb yozgan.

2020-yilda AQSh Army Esports jamoasi Twitter akkaunti Discord tvitiga javoban „uwu“ tvitini yozgan, bu holat Twitter foydalanuvchilari tomonidan salbiy qabul qilingan. Ushbu voqea AQSh armiyasining Esports Discord serverini imkon qadar tezroq taqiqlashga urinish tendentsiyasi bilan yakunlangan.

Yana qarang




Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz