Utrext




Utrext — Niderlandiyadagi shahar. Utrext provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 256,2 ming kishi (2001). Transport yullarining yirik chorrahasi. Reyn daryosi deltasidagi port. Mamlakatning qad. savdomoliya, sanoat, madaniy markazi. Mashinasozlik, kimyo, oziq-ovqat, tamaki, toʻqimachilik (11-asrdan) sanoati korxonalari mavjud. Un-t (1636), muzeylar bor. U. qadimgi rimliklar qishlogʻi oʻrnida bunyod etilgan. Meʼmoriy yodgorliklardan romangotika sobori (11—16-asrlar), gotika cherkovlari saqpangan. Shaharda har yili xalqaro yarmarka utkaziladi.

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz