Utkali
Oriya , utkali — Hindistondagi xalq. Orissa shtatining asosiy aholisi (32,2 mln. kishi, 1990-yillar oʻrtalari). 50 ming kishiga yaqini Bangladeshda yashaydi. Oriya tilida soʻzlashadi. Dindorlari hinduizmga eʼtiqod qiladi.
Qadimgi manbalarda Oriyalar sanskritcha odra va utkala nomi bilan tilga olingan. Oriyalar odra desha (odra xalqi mamlakati) yoki utkala desha (utkala xalqi mamlakati) deb ham atalgan. Oriyalar ajdodlari xoz. Orissa hududida miloddan avvalgi 1-ming yilliqda paydo boʻlib, oriplarning Hindistonga tarqalish davriga toʻgʻri keladi. 1956-yilda oʻz mustaqil shtatlariga ega. Dehqonchilik, hunarmandchilik bilan shugʻullanadilar.
Manbalar
uz.wikipedia.org