Utilitarizm
Utilitarizm (lot. utilitas — foyda, manfaat) — 1) barcha hodisalarini ularning faqat foyda keltirishi, muayyan maqsadga erishish uchun vosita boʻlib xizmat qilish imkoniyati nuqtai nazaridan baholash prinsipi; 2) etikada — pozitivistik yoʻnalish. I. Ventam asos solgan. Foydani axlok,ning asosi va insoniy xattiharakatlarning mezoni deb hisoblagan. 19-asrda Buyuk Britaniyada tarqalgan. Uning asosiy prinsipi shaxsiy manfaatlarni qondirish vositasi bilan "eng koʻp odamlarni iloji boricha koʻproq baxtli qilish"dan iborat. U. davlat va huquq funksiyalarini tushunishga asos qilib qoʻyiladi. "Fonda prinsipi"ni bilish nazariyasiga koʻchirish pragmatizmnit paydo boʻlishiga yordamlashdi. Hozirgi zamon Gʻarb etikasida U. oʻrniga "axloqiy mulohazalarni tahlil qilish" (emotivizm, etikada mantiqiy pozitivizm) qoʻyilmokda.
uz.wikipedia.org