Уст-Каменогорск




Oʻskemen  (qozoqcha: Өскемен) — Sharqiy Qozogʻiston viloyatining markazi. Shahar poydevori 1720-yili Irtish va Ulbi daryosining yoqasida qurilgan.
— Qozogʻistonning sharqiy qismida joylashgan, maydoni 54,4 ming ga yerni egallaydi. Iqlimi kontinental. Shahar aholisi 309 534 kishini tashkil qiladi. Hozirgi kunda Oʻskemenda 76,8 ming nafaqadigilar (umumiy aholi sonining 23,9 % tashkil qiladi), uning 2476 — Ulugʻ vatan faxriylari.

Oʻskemen shahri — mustaqil Qozogʻistonning chiroyli shaharlarining biri. Davlat amali QR Qomusiga binoan qonunni, ijro etish sud organlari prinsiplariga asoslangan. Shahardagi qonunni Maslixat amalga oshiradi. Uning tarkibida 25 deputat bor. Sud mansabini Oʻskemen shahar sudi va arbitraj sudi amalga oshiradi.

Aholisi



Shahar aholisining soni 2012-yil 1-fevraldagi maʼlumot boʻyicha 321 ming kishini tashkil qiladi. Shahar aholisining soni kamayib bormoqda, buning asosiy sababi slovyan xalqlari chet ellarga koʻchib ketishidir. Hozirgi kundagi shahar aholisining milliy tarkibi quyidagi jadvalda berilgan:

Milliy tarkibi




Aholi dinamikasi




Sanoati



Rangli metallurgiya (qoʻrgʻoshinrux, titanmagniy kombinatlari), mashinasozlik va metallsozlik (konshaxta jixrzlari, kondensatorlar, priborlar ishlab chiqarish yetakchi oʻrinda. Sement, gʻisht, uysozlik, temirbeton buyumlar zavodlari, qurilish materiallari kombinati ishlab turibdi. Oziq-ovqat (goʻsht, sut, vinoaraq ktlari, moyekstraksiya va pivo zavodlari), yengil sanoat korxonalari bor. Shahar yaqinida Oʻskemen suv ombori, Oʻskemen GES qurilgan.

Tarixi



XVII asrlarda rus hukumati Irtish daryosi yoqalab yuqori oʻsish uchun bir necha qadamlar tashladi. Bu yodan chiqmas voqealarning bir necha sabablari bor:

Qamalni Ulbining Irtish daryosiga quyadigan qismida tashkil etish rejalandi. Otryadning komandiri gvardiya mayori Ivan Mixaylovich Lixarev imperator Petr I-ga „raport“ yozdi. 1720-yilgi 12-17-avgust oylari qamalning qurulishi boshlandi. I.M. Lixarev podpolkovnik Stupinning boshqaruvi bilan 363 kishidan iborat garnizon qoldirdi. Qurulishga injener Letranje bosh-qosh boʻldi.

Vaqt oʻtishi bilan qamalning atrofida aholi yashay boshladi. Qishloq boʻlib, undan keyin stanitsa boʻldi. Stanitsa 1804-yildan keyin shaharcha deb atala boshladi. 1868-yili Oʻskemenga shahar mavqei berildi. Shaharda savdo, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar rivojlana boshladi. Keyinchalik engil sanoat rivojlana boshladi, temir yoʻl qurulishi boshlandi. Ulugʻ Vatan urushi yillarida ogʻir sanoat rivojlandi.

Madaniyat




Shaharda:

„Yubileyniy“, „Exo“ kinoteatrlari

Jambul nomidagi drama teatr

3-ta madaniyat uyi va hordiq chiqarish parki mavjud

Shahar madhiyasi



Manbalar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz